AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) bazaviy stavkani 0,75 foiz punktga oşirdi. Bu haqda 15 iyun, çorşanba kuni regulyator saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.
Bu 1994 yildan beri eng keskin ösiş bölib, hozir u 1,5-1,75 foiz oraliğida. Şu tariqa, FZT AQŞda 1981 yil dekabridan beri eng yuqori daraja - 8,6 foizga yetgan inflatsiyani uşlab turişga harakat qilmoqda.
Rasmiylar tovarlar narxining bunday keskin oşişiga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va buning jahon iqtisodiyoti uçun oqibatlari, şuningdek, Xitoyda ta’minot zanjirlariga ta’sir körsatayotgan koronavirus çeklovlarini sabab sifatida keltirgan.
«FZT uzoq muddatda maksimal bandlik va inflatsiyani 2 foizga yetkazişni maqsad qilgan», - deyiladi regulyatorning bayonotida. U bundan keyin ham foiz stavkalari oşirilişini e’lon qildi.
FZT raisi Jyerom Pauell bugungi ösişni «ğoyat katta» deb atadi va «bunday katta qadamlar odatiy holatga aylanişini kutmayotgani»ni aytdi. Keyingi yiğilişda regulyator stavkaning 0,5 foizga yoki yana 0,75 foiz punktiga kötarilişini muhokama qiladi, dedi Pauell.
FZT, şuningdek, AQŞ iqtisodiyoti uçun ösiş prognozini pasaytirdi. Endi regulyator mamlakat yalpi içki mahsuloti 2022 yilda mart oyida kutilganidek 2,8 foiz örniga 1,7 foizga ösişini kutmoqda. FZT ma’lumotiga köra, işsizlik darajasi 3,7 foizga kötariladi, bu ham mart oyidagi prognozdan yomonroqdir, deya ta’kidlaydi CNN.
AQŞ Mehnat vazirligining rekord darajadagi inflatsiya haqidagi hisobotini şarhlar ekan, prezident Jo Bayden buni «Putinning oziq-ovqat va gazga soliği» deb atadi. «Biz heç qaçon bunday narsani körmaganmiz», dedi Bayden.
Koronavirus pandemiyasining iqtisodiy ta’siriga qarşi kuraşiş uçun FZT 2020 yil mart oyida asosiy stavkasini nolga tuşirdi va qarz olişni deyarli bepul qildi. Uşbu «oson pul siyosati» uy xöjaliklari va korxonalarning xarajatlarini rağbatlantirdi, lekin şu bilan birga, inflatsiyani kuçaytirdi va iqtisodiyotning haddan taşqari «qizib» ketişiga turtki berdi. Endi esa FZT hozir uning ösişini sekinlaştirişga harakat qilmoqda, deb ta’kidlaydi CNN telekanali.
Investorlar bunday harakatga tayyor edilar, deb yozadi Bloomberg sörovda qatnaşgan tahlilçilarga tayanib. Dow Jones indeksi yangilikdan keyin 1 foizga, S&P 500 - 1,5 foizga, Nasdaq Composite 2,5 foizga kötarildi. «Investorlar regulyatorning harakatini inflatsiyani pasaytiriş böyiça qat’iy majburiyat sifatida talqin qildi», deb tuşuntirdi CNN.












