AQŞ Ukrainaga umumiy qiymati 650 million dollardan ortiq qurol-yaroğlar yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi. 

Agentlikning yozişiça, Ukrainaga avtomobillarga örnatilgan "Harpun" kemalarga qarşi raketalari yetkazib berilişi kutilmoqda.

Kiyevga navbatdagi harbiy yordam ajratilişi töğrisida hozirça rasman e’lon qilinmadi.

Bir kun avval Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukrainaga yetkaziladigan qurol miqdorini kamaytirmaslikka çaqirgandi.

May oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga lend-liz beriş töğrisidagi qonunni imzolagandi. Uşbu hujjat Kiyevga harbiy yordam berişni osonlaştiradi.