15 iyun kuni Respublika tovar-xomaşyo birjasining ertalabki savdo sessiyasida ötkazilgan birja savdo natijalariga köra, şakarning narxi 14 iyun kuniga nisbatan 123,8 sömga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uçun 10 mln 631,1 ming sömni taşkil qildi.

Bu savdolarda şakar böyiça şakllangan minimal narx mahsulotning bir tonnasi uçun 9 mln 700 ming söm atrofida qayd etilgan.

Birja axborotiga köra, 10-15 iyun savdo kunlarida şakarning barça kategoriyasi böyiça şakllangan örtaça kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 14 mln 554,5 ming sömdan 10 mln 631,1 ming sömgaça yoki 27 foizga pasaygan.

Infografika: Respublika tovar-xomaşyo birjasi

Ta’kidlanişiça, 15 iyunda birjaning keçki savdo sessiyasida sotuvçi korxonalar tomonidan 1 000 tonna qöşimça mahsulot birja savdolariga qöyilişi kutilmoqda.

“Köpçilik iste’molçilarda nega birjada arzonlayotgan şakar savdo dökonlari narxida aks etmayotgani böyiça savol tuğilişi tabiiy. Gap şundaki, çakana savdo nuqtalarida hozir sotilayotgan 14 ming sögaça bölgan şakar ötgan haftadagi potolok narxlarda olingan zaxiralarning qoldiqlari. Qimmat narxlarda olingan zaxiralar arzonlari bilan örin almaşişi uçun 5-10 kun vaqt kerak böladi”, deya izoh berdi iqtisodçi Otabek Bakirov.

Ma’lumot uçun, joriy yilning 6 yanvar holatiga köra, birja savdolarida şakarning bir tonnasi 8 mln 202,1 ming sömni taşkil etgan. Ötgan davr mobaynida mahsulot narxi qariyb 23 foizga oşgan. Yillik nisbatda esa şakar narxi 30,8 foizga qimmatlaşgan.

Avvalroq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi şakar narxlarining oşişiga bir qator omillar ta’sir qilayotgani haqida ma’lumot bergandi.

Unga köra, şakar narxining ösişiga avvalo mazkur mahsulot va uning xomaşyosini Markaziy Osiyo mintaqasiga yetkazib beriş böyiça transport va logistika bilan boğliq muammolar hamda yoqilği resurslari narxlarining ösişi ta’sir körsatgan — Özbekistonga şakar xomaşyosining deyarli 90 foizi Braziliyadan import qilinadi.

“An’anaviy dengiz portlarining yopilişi hamda alternativ portlar ötkazuvçanlik siğimlarining pastligi tovarlarni uzoq muddat qolib ketişi hamda saqlaş bilan boğliq qöşimça xarajatlarni yuzaga keltirmoqda”, deyilgandi vazirlik xabarida.

Şuningdek, Rossiya hukumatining 2022 yil 14 martdagi tegişli qaroriga asosan 2022 yil 31 avgustgaça, Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirining 2022 yil 4 maydagi buyruğiga asosan 6 oy muddatga şuningdek, Hindistonda 2022 yil 25 maydan şakar eksportiga çeklov örnatilganligi ham Özbekiston içki bozoridagi narxlarga bosim ötkazgan.

Sönggi kunlarda şakar narxi keskin oşib ketgaç, respublikadagi bozor va savdo nuqtalarida arzonlaştirilgan şakar sotuvlari yölga qöyildi, bunday yarmarkalarda turnaqator navbatlar yuzaga keldi.