Iqtisodiyot | 14:31 / 16.06.2022
28434
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya dunyodagi eng raqobatbardosh iqtisodiyotga ega davlat deb topildi

Daniya dunyodagi eng raqobatbardosh iqtisodiyotga ega davlat sifatida tan olindi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Shutterstock

IMD Business School talqiniga qaraganda, Daniya iqtisodiyoti eng raqobatbardosh davlatlar orasida o‘tgan yilgi 3-o‘rindan 2022 yilda 1-o‘ringa ko‘tarildi.
 
Ushbu mamlakat IMD Business School jahon raqobatbardoshlik indeksini e’lon qilayotganidan beri 34 yil ichida birinchi marta birinchi pog‘onani egalladi

Daniya o‘zining siyosati, Yevropa ittifoqiga a’zo davlat bo‘lish afzalliklari tufayli 1-o‘rinni egalladi. Mamlakat dunyodagi eng raqamlashtirilgan va eng «yashil» davlat hisoblanadi, shuningdek moslashuvchan va samarali korporativ sektorga ega. 

Bundan tashqari, Daniya kuchli ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot, past qarz darajasi va turizmga cheklangan qaramlik tufayli pandemiyani boyroq qo‘shnilariga qaraganda yaxshiroq yengib o‘tdi. Hozir Daniyada ishsizlik 14 yillik eng past darajaga yetdi, bu yil yalpi ichki mahsulot 3,4 foizga o‘sishi kerak. 

Dunyoning eng raqobatbardosh 6 ta iqtisodiyoti quyidagicha:

1. Daniya
2. Shveytsariya
3. Singapur
4. Shvetsiya
5. Hongkong
6. Niderlandiya.

Mavzuga oid