Qayd etilişiça, kelinni, tanlovda ğolib bölişga jur’at etgani uçun, töyda urgan kuyov videosi jamiyatda katta rezonans uyğotdi.
«Bu hodisa qayerda sodir bölgani muhim emas, özimizdami yoki qöşni yurtdami, ikki kun oldinmi yoki ikki yilmi - farqi yöq. Bu jirkanç vaziyatga bizning munosabat muhim», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Uning ta’kidlaşiça, agar bu hodisa kişini va uning atrofidagilarni ğazablantirgan, hayratga solgan bölsa, demak atrofida soğlom jamoa bor.
«Mabodo «ayol erkakka yon bosişi şart», «özi aybdor, tili uzun bölsa kerak» kabi gaplarni eşitayotgan bölsangiz, mana bu haqiqiy falokatdir.
Biz hammamiz rivojlangan, madaniyatli yurtda, boy va baxtli yaşaşni xohlaymiz. Demak, har birimiz ayollarga nisbatan zöravonlikka yöl qöyib bölmasligini anglaşimiz va şu qaraşda qat’iy turişimiz zarur.
Bunday holatlarni xotirjam kuzatiş, bir-bir bölib turadi-da, deb oddiy qaraş mumkin emas.
Va kaltabin kuyovtörani qoralab, kelinga rahmimiz kelar ekan, öz farzandlarimizga nisbatan ham şunday munosabatda bölmaslik, ya’ni maktabni bitirgaç öqişni taqiqlamaslik, iloji boriça tezroq turmuşga berişga yoki uylantirişga harakat qilmaslik, öz aqli bilan yaşaşga ruxsat beriş muhimdir», deydi Saida Mirziyoyeva.
Uning aytişiça, aynan şu bois istiqbolli keng yöllarni oçadigan, ayollarni mustaqil va kuçli qiladigan ta’lim zarur. Ta’lim hayotni qanday ötkazişni tanlaş imkonini beradi.
Ma’lumot uçun, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda kelin-kuyov töy marosimida qandaydir öyin ötkazilgani, unda yutqazib qöygan kuyov mağlubiyatga çiday olmay kelinning boşiga urgani aks etgan video tarqalgandi.
Kun.uz hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritiş maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan boğlandi. Mas’ul xodimlarning sa’y-harakatlari va röy bergan holatga befarq bölolmagani sababli kelin va kuyov topildi.
Töy 6 iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bölib ötgan. 1997 yilda tuğilgan kuyov 2003 yilda tuğilgan kelin nikoh töyi marosimida qoğozga öralgan şirinlikni kim birinçi bölib oçiş böyiça musobaqalaşgan. Öyinda kelinning omadi kelgan va u birinçi bölib şirinlikni oçgan. Bundan jahl otiga mingan kuyov kelinga bir marotaba tarsaki tuşirgan.












