“Qöriqlaş faoliyati töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qöriqlaş faoliyati asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- jismoniy şaxslar hayoti va soğliğini tajovuzlardan himoya qiliş;
- jismoniy va yuridik şaxslar mol-mulki hamda obektlarini tajovuzlardan himoya qiliş;
- qöriqlanadigan obektlar hududida jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklarni profilaktika qiliş va ularga çek qöyiş;
- yuridik şaxslar qöriqlanadigan obektlarida nazorat ötkaziş va obekt içki rejimlarini ta’minlaş.
Qöriqlaş sohasidagi davlat siyosatini Milliy gvardiya amalga oşiradi. Qöriqlaş faoliyatini çet davlatlar jismoniy şaxslari va taşkilotlari, jumladan xususiy taşkilotlari tomonidan amalga oşirişga yöl qöyilmaydi.
Jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari böyiça şartnoma asosida qöriqlaş faoliyatini Milliy gvardiya amalga oşiradi. Qöriqlaş şartnomasiga muvofiq qöriqlaş faoliyatini amalga oşiruvçi sub’yektlar öz harakatlari (harakatsizligi) natijasida qöriqlanadigan obektga yetkazilgan zarar örnini töliq qoplaşi şart.
Davlat organlari qöriqlaş bölinmalari harbiy xizmatçilari va xodimlari tomonidan jismoniy kuç işlatiş, maxsus vositalarni hamda xizmat qurolini qöllaş qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriladi. Qöriqlaş faoliyatini amalga oşiruvçi sub’yektlar öz zimmasiga yuklatilgan vazifani bajariş uçun xizmat itlaridan foydalanişi mumkin.












