Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 320,5 mln AQŞ dollariga teng bölgan 13,6 mingta yengil avtomobil import qilgan. 

Qayd etilişiça, yengil avtomobillar importi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 5,9 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oşgan.

2022 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston 22 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobillar import qilgan. 5 oyda Özbekiston yengil avtomobillarni eng köp import qilgan davlatlar: 

  • Xitoy – 6426 ta;
  • Koreya – 3491 ta;
  • Qozoğiston – 2368 ta;
  • Rossiya – 927 ta;
  • AQŞ – 122 ta;
  • BAA – 71 ta;
  • Yaponiya – 50 ta;
  • Germaniya – 37 ta.