Kun.uz hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritiş maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan boğlandi. Mas’ul xodimlarning sa’y-harakatlari va röy bergan holatga befarq bölolmagani sababli kelin va kuyov topildi.
Qayd etilişiça, uşbu töy 2022 yil 6 iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bölib ötgan. Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, 1997 yilda tuğilgan kuyov 2003 yilda tuğilgan kelin nikoh töyi marosimida qoğozga öralgan şirinlikni kim birinçi bölib oçiş böyiça musobaqalaşgan. Öyinda kelinning omadi kelgan va u birinçi bölib şirinlikni oçgan. Bundan jahl otiga mingan kuyov kelinga bir marotaba tarsaki tuşirgan.
Garçi internetda tarqalgan videoda kaltak yegan kelinning oldiga qandaydir ayol (kelinning onasi bölişi mumkin – tahririyat) yaqinlaşgani va kelin kuyov bilan ötirgan sahnani tark etgani köringan bölsa-da, Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi Surxondaryo viloyati boşqarmasining ma’lum qilişiça, öşa kuni töy oxirigaça davom etgan va boşqa köngilsizlik sodir bölmagan. Heç kim huquqni muhofaza qiluvçi organlarga röy bergan holat böyiça murojaat qilmagan.
Suriştiruvlar davomida muhokamaga sabab bölayotgan videoni kim tasvirga tuşirgani va xalqaro tarmoqqa joylaganini aniqlaşning imkoni bölmagan.


Boş prokuratura axborot xizmatining ma’lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan fuqaro X.R. (kuyov) ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy iş qözğatilib, töplangan hujjatlar körib çiqişlik uçun sudga yuborilgan. Bundan taşqari, kuyov va kelin hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat ötkazilgan.











