Şu jumladan bugungi kunda:
- Xalqaro konsultantlar (BCG va PwC) tomonidan kompaniyaning ESG profili diagnostika qilindi va takomillaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqildi;
- ESG mas’uliyat markazi – ESG standartlarini joriy qilişni muvofiqlaştiriş va taşkiliy masalalar böyiça mas’ul qömita taşkil qilindi;
- ESGni joriy etiş bölimi – “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv Raisi Mehriddin Abdullayevning Transformatsiya masalalari böyiça birinçi örinbosariga töğridan töğri böysunuvçi, ESG standartlarini joriy etiş uçun bevosita mas’ul tarkibiy bölinma taşkil qilindi.
- Kompaniyaning ESG maqsadlari va ularning körsatkiçlari loyihasi işlab çiqildi.

Işlab çiqariş korxonalari rahbariyatini ESGning dolzarb masalalari bilan yaqindan taniştiriş maqsadida joriy yilning 15-16 iyun kunlari qazib çiqariş boşqarmalari va gazni qayta işlaş zavodlarida, xususan Muborak tumani va Qarşi şahrida Boşqaruv Raisining maslahatçisi (A. Mustafayev) va ESGni joriy etiş bölimi boşliği (M. Nigmadjanov) iştirokida oçiq öquv seminarlari ötkazildi.
Seminar davomida iştirokçilar quyidagilar bilan yaqindan tanişdilar:
- ESG bilan boğliq asosiy tuşunçalar;
- Uşbu standartlar kelib çiqişining tarixiy jihatlari;
- BMTning barqaror rivojlaniş maqsadlari (UN SDG);
- Özbekiston Respublikasida ESG sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
- BCG, EY va McKinsey kabi xalqaro maslahatçilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalaridir.

Muborak gazni qayta işlaş zavodi va Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi rahbarlari uçun seminar bölib ötdi. Zavod direktori Şamsiyev Şermat Jöraquloviç uşbu mavzuga öz qiziqişini bildirdi va ESG standartlarini joriy qiliş jarayonida puxta rejalaştirilgan harakatlar muhimligini ta’kidlab ötdi.
“Özbekneftgaz” AJning Qarşi şahridagi ma’muriy binosida Şörtan gaz kimyo majmuasi va Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi, “Özneftgazburğilaş işlari” MÇJ rahbariyati uçun seminar taşkil qilindi.












