Germaniya kansleri Olaf Şols Kremlning Rossiya Ukraina hududining bir qismini bosib olişi, keyin esa vaqt ötişi bilan özgarişlarni kutişi haqidagi taxminini «Putin illyuziyasi» deb atadi. Germaniya Moskva tomonidan bir tomonlama örnatilgan şartlar asosida «buyruq ostidagi dunyo»ni rad etadi, dedi kansler 16 iyun, payşanba kuni ARD telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya «Ukrainaning bir qismini şafqatsiz zöravonlik bilan bosib oliş» rejasidan va «mamlakatlar çegaralarini özgartiriş böyiça imperialistik konsepsiyadan» voz keçişini ta’minlaş kerak, dedi Şols. 

Teleboşlovçi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Kiyevga taşrifi çoğidagi nutqida Ukraina ğalabasigaça Kiyevni qöllab-quvvatlaş haqida gapirgani, Şols esa «Rossiya tomonidan örnatiladigan tinçlikning imkonsizligini» e’lon qilganiga e’tibor qaratgan. Kansler bunday tinçlikka erişiş imkoniyatini «Putinning illyuziyasi» deb atadi, u «yerni tortib olişi va vaqt ötişini kutişi mumkin» deb hisoblaydi. 

«Bu illyuziya va men Putinga aytdim. Rossiyaga qarşi sanksiyalar mamlakat Ukraina bilan adolatli kelişuvga erişmagunça kuçda qoladi. Tinçlik şartlari Ukraina aholisi, parlamenti, prezidenti tomonidan körib çiqiladi», - dedi Şols. 

Germaniya kansleri Olaf Şols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Mario Dragi va Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis 16 iyun, payşanba kuni uruş boşlanganidan beri birinçi marta Kiyevga taşrif buyurdi. 

Irpenga safari yakunlariga köra, Şols yana bir bor Rossiya harbiy agressiyasining şafqatsizligini qoraladi va rus qöşinlarining «ma’nosiz zöravonliklari» haqida gapirdi. «Begunoh fuqarolar öldirildi, uylar vayron böldi. Umuman harbiy obektlar yöq bölgan butun bir şahar vayron böldi. Bu Rossiya agressiyasining şafqatsizligi haqida köp narsani aytadi, u şunçaki vayronagarçilik va zabt etiş bilan izohlanadi», - dedi kansler. Tört nafar yetakçi Ukrainaga Yevropa ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomi berilişi tarafdori bölgan.