O‘zbekiston | 16:10 / 17.06.2022
12808
5 daqiqa o‘qiladi

Yangi tizim – OKMK sement zavodlarida yuqori samaradorlikni ta’minlaydi

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasi doirasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yaqinda “Olmaliq KMK” AJning sement korxonalarida “Tayyor mahsulotni yuklash jarayonini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish tizimi”ni joriy etish ishlari yakunlandi.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

– Tizim tayyor mahsulotlarni yuklash, mavjud texnologik va biznes jarayonlarining tezkorligini oshirish, avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun mo‘ljallangan texnik dasturiy va apparat vositalarining yig‘indisi hisoblanadi, – deydi Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasining texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish xizmati boshlig‘i Zarifjon Alimov.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

– Avvalari, mahsulot yuklash jarayonida inson omili, bir qator qog‘oz hujjatlar, tushunmovchiliklar va xaridorlar orasida tartibsiz navbatlar vujudga kelgan. Zamonaviy tizimning joriy etilishi esa bir qator qulayliklarga sabab bo‘ldi. Mijoz zavodning savdo-sotiq bo‘limiga tashrif buyurib, hujjatlarni rasmiylashtiradi va shtrix kodga ega bo‘ladi. Aynan shu yerning o‘zida elektron navbat ham shakllanadi. Shundan so‘ng, xaridor nazorat o‘tkazish joyida shtrix kodini skanerdan o‘tkazadi, hujjatlar to‘g‘ri bo‘lsa, kirish uchun ruxsat oladi. So‘nggi bosqich yuklash jarayoni hisoblanadi. Bunda ham shtrix kodning o‘zi kifoya qiladi.

E’tiborli tomoni, tizimning o‘zi Savdo-sotiq bo‘limida rasmiylashtirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda mahsulotlarni avtotransport yoki temiryo‘l transport vositalariga yuklanadi. Natijada yuklash hujjatlarini tezkor qabul qilish imkoni yaratilib, xizmat ko‘rsatish tezligi 2 barobarga oshirildi.

Bundan tashqari, avtotransport va maxsus yuklash vositasi hamda temiryo‘l transportining davlat raqamini tizim video tasvirga olib shtrix kod bilan solishtirib boradi. Yuklash jarayoni ham to‘liq videokuzatuv ostida kechadi.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

Ta’kidlab o‘tish joizki, bu kabi dasturiy ta’minot OKMKda ilk marotaba qo‘llanilmoqda . U avval mavjud bo‘lgan tizimlardan qulayligi va bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi hamda juda samarador.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

Jizzax sement zavodida nafaqat yangi dasturiy ta’minot, balki yuk-o‘lchov quvvati 100 tonnani tashkil etadigan zamonaviy elektron tarozi ham ishga tushirildi. “Kemek Engineering” kompaniyasining ikkita har birining vazn o‘lchash quvvati 100 tonnani tashkil etuvchi yuqori aniqlikdagi avtomobil ortotip turidan bo‘lib, ular yuqori aniqlikda ishlaydi.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

Tsement zavodlaridagi tayyor mahsulotni yuklash jarayonini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish tizimi nafaqat ishchi-xodimlar uchun balki, mijozlarga ham qulayliklar yaratadi.

Mazkur tizim yuklab jo‘natilayotgan mahsulotning aniq hisobini olib borishi bilan birga jarayonlarning shaffofligini ham ta’minlaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi hamda mijoz o‘rtasidagi ishonchni oshiradi.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

Raqamlashtirishi borasida o‘tgan 5 oyda OKMKda 14 loyiha yakunlangan bo‘lib, ulardan, elektron hujjat aylanish va elektron pochta tizimlari takomillashtirildi. Kon-geologik kompleks axborot tizimini dasturiy ta’minoti o‘rnatildi. Transport GPS monitoringi va yonilg‘i nazorati tizimi funksiyalari kengaytirildi.

Bundan tashqari, 2022 yil yakuniga qadar kombinatda raqamlashtirish doirasida jami 60dan ziyod loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

Xususan, Angren kon boshqarmasida “Tog‘-kon dispetcheri” tizimi, “Yoshlik-I” va “Qalmoqqir” kon-transport kompleksning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, shuningdek Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Xondiza kon boshqarmasi, Angren kon boshqarmasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modernizatsiya loyihalari joriy etiladi.

OKMK Axborot xizmati (T)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid