Ukrainadagi uruşning 115-kuni ötdi. Sönggi ma’lumotlar

  • Xarkiv va Dnepropetrovsk oblastlariga raketa zarbalari oqibatida gazni qayta işlovçi zavod va neft baza vayron bölgan.
  • Ukraina qurolli kuçlari «Azot» zavodi hududida mudofaalanayotgan Severodonetsk şahrida janglar davom etmoqda. Kombinat hududidagi bunkerlarda tinç aholi vakillari yaşiringan, kombinatdan evakuatsiya taşkil etişning imkoni yöq. «LXR»dagi manbalarga köra keçqurun «Azot» zavodi hududida portlaş röy bergan.
  • Çeçeniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov videomurojaat e’lon qilib, KXŞT mamlakatlarini Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini oçiq qöllab-quvvatlamayotganlikda aybladi.
  • Sanksiyalar fonida Rossiyadan Hindistonga neft va kömir sotuvi bir neça barobar oşgan.
  • Ukraina prezidenti uruş boşidan buyon uçinçi bor Kiyevdan taşqariga çiqib, Nikolayev va Odessa oblastlariga taşrif buyurdi.
  • Buyuk Britaniya boş vaziri kolonkasida ittifoqçilarni Ukraina ğalabasiga qadar davom etuvçi uzoq muddatli uruşga tayyor bölişga çaqirdi.

Quyida sönggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Faxriy qorovul 9 iyun kuni Izyum atrofida halok bölgan Roman Ratuşniyning tobutini olib ötmoqda. 24 yoşli Ratuşniy Kiyevda taniqli faollardan bölgan, Yevromaydanda iştirok etgan. Uning taşabbuslaridan biri Protasov Yar — şahar çetidagi yaşil hududni qurilişlardan himoyalaş edi. U Odessadagi «Praviy sektor» yetakçisi, bezorilikda gumonlanib, uy qamoğiga taşlangan Sergey Sternenkoni qöllab-quvvatlab ötkazilgan aksiyada qatnaşgan. Uruş vaqtida Ratuşniy 93-alohida mexanizatsiyalaşgan brigada («Xolodniy ovrag») tarkibida Kiyev yaqinidagi janglarda iştirok etgan, Trostyanets, Sumi uçun jang qilgan, şuningdek Izyum atrofidagi harbiy harakatlar iştirokçisi bölgan. Ratuşniy bilan vidolaşiş uçun yuzlab kişilar, jumladan Kiyev meri Vitaliy Kliçko ham hozir böldi.

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Roman Ratuşniyning dafniga kelganlar fayerlarni yoqişmoqda. Kiyevdagi Volgogradsk köçasini Ratuşniy şarafiga qayta nomlaş taklif etilgan. Şuningdek şaharda Ratuşniydan iqtibos keltirilgan graffiti paydo bölgan: «Biz hozir qança köp rossiyalikni öldirsak, bizning bolalarimizni öldiriş uçun şunçalik kam rossiyalik keladi»