Toşkentda, Xalqlar döstligi maydonidan Bunyodkor şohköçasi orqali Çilonzor tumaniga kirib kelişda – Börijar kanali ustida öziga xos “köprikzor” bor. Bu yerni Özbekistondagi eng murakkab çorraha deyiş mumkin. Ehtimolki, şahrimizning ayni şu nuqtasi murakkabligi böyiça mintaqadagi eng noyob çorrahalardan biri bölsa ham ajab emas.

Şu sababli ham şaharsoz ekspertlar Arkadiy Gerşman va Aleksandr Devyatkin bu çorrahani qayta loyihalaştiriş ustida ikki oy işlagani, bu boradagi muhokamalar juda uzoq soatlar davom etib, yarim tungaça çözilganini töğri tuşuniş mumkin.

Çorrahalar majmuasining sxemasi özgartirilişidan oldingi holati / Foto: Arkadiy Gerşman
Amalga tatbiq qilingan rekonstruksiya loyihasi / Foto: Arkadiy Gerşman

Xalq orasida Komolon köprigi deb nom olgan çorrahada naq 8ta yöl bir joyda tutaşgan, avtomobillar oqimi esa oz emas. Ustiga ustak, köpriklardan biri ança tor. Şunday şaroitda rossiyalik mutaxassislar öz loyihasi orqali çorrahada mutlaqo svetoforsiz harakat taşkil qila olgani e’tiborga loyiq.

Butkul yangi sxema asosidagi rekonstruksiyadan avval bu ulkan çorrahada önga yaqin yönalişdagi svetoforlar bor edi, aqlli rejalaştiriş natijasida hozir ulardan birortasi ham qolmagan.

Biroq afsuski, köp bora kuzatilganidek, bu yerda ham yölta’mir işlari bir neça haftadan beri çala yotibdi. Haydovçilar va ayniqsa piyodalar uçun xavfli joy bölgan çorraha hozir yanada xavflilaşgan:

  • qöporib taşlangan trotuarlar öşa holida taşlab ketilgan:
Trotuar qöporib taşlangan, piyodalar qatnov qismidan yurişga majbur.
  • avtomobil va piyodalar yöllarida xavfli obektlar bor: