Jahon | 16:43 / 19.06.2022
13048
2 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi Ukrainadagi urush yillarga cho‘zilishi mumkinligini aytdi

Foto: DAVIDS/Sven Darmer

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bir necha yil davom etishi mumkinligini aytdi.

«Biz bu urush bir necha yillar davom etishi mumkinligiga tayyorlanishimiz lozim. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirmasligimiz kerak. Hatto bu xarajatlar yuqori bo‘lsa-da — nafaqat harbiy yordam uchun, balki energiya va oziq-ovqat narxlari ko‘tarilishi tufayli ham», — degan NATO rahbari.

Stoltenberg agar bu urushdan keyin RF prezidenti Vladimir Putin 2008 yilda Gruziyada va 2014 yilda Qrimda bo‘lgani kabi harakat qilishda davom etsa, NATO «ancha kattaroq narx to‘lashi»ga to‘g‘ri kelishini qo‘shimcha qilgan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham Ukrainaga tashrifidan keyin The Sunday Times uchun maqolasida G‘arb davlatlari yetakchilarini Ukraina qo‘shini g‘alaba qozonguncha davom etuvchi uzoq cho‘ziladigan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgandi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov ham Ukraina «urush tugashidan yiroq» ekanini aytgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid