Taşrif davomida, GTL zavodning asosiy işlab çiqariş qurilmalarining boşqaruv markazidagi işçi holati bilan yaqindan tanişildi, hozirgi kunda işçi holatdagi qurilmalardagi körsatkiçlar yuzasidan atrofliça ma’lumotlar berib ötildi.
Şundan söng, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi boşçiligidagi “Işçi guruh” GTL zavodining asosiy qurilmalari hisoblanadigan Fişer-Tropş reaktorlarining işçi holati joyida örganildi va uşbu reaktorda hosil bölayotgan sintetik neftning namunalari olindi.
Boşqaruv raisi zavodning markaziy laboratoriyasida işlab çiqarilayotgan sintetik neftning laboratoriya tadqiqotlari natijalari bilan yaqindan tanişdi.

Quvonarlisi, “Uzbekistan GTL” zavodi Yangi Özbekistonning neft-kimyo sanoati tarixida sintetik neftning birinçi partiyasi işlab çiqarilgani rasman qayd etildi.
Hosil bölgan sintetik neft GTL zavodida sintetik dizel, aviakerosin, nafta va suyultirilgan gazni işlab çiqariş uçun asosiy xomaşyo hisoblanadi.
Hozirda işlab çiqarilayotgan sintetik neft zavodning oraliq mahsulotni saqlaş rezervuarlarida töplanmoqda va tez kunlarda qayta işlaş orqali yuqori sifatli bölgan, ekologik toza sintetik suyuq yoqilği mahsulotlari şu jumladan GTL dizel, kerosin, nafta va suyultirilgan gaz işlab çiqarilişi boşlanadi.

Boşqaruv raisi işlab çiqarilayotgan mahsulotlar birinçi navbatda içki bozor ehtiyojlarini ta’minlaş maqsadida Özbekiston tovar-xomaşyo birjasining savdo platformalari orqali sotilişi böyiça vazifalarni belgilab berdi.
Mazkur voqea respublikaning zamonaviy neft-kimyo va neft-gazni qayta işlaş sanoati rivojida yangi texnologik bosqiç hisoblanadi hamda uşbu kun Özbekistonda ilk bor sintetik suyuq yoqilği işlab çiqarişi yölga qöyilgani uçun ramziy ma’noda tarixiy kun hisoblanadi.

2022 yil 14 iyun kuni GTL zavodida sintez-gaz işlab çiqarilişi tölaqonli yölga qöyildi. 14 iyundan 15 iyunga ötar keçasi işlab çiqarilgan sintez-gaz birinçi marotaba zavodning yuragi hisoblanmiş Fişer-Tropş reaktorlariga - sintetik suyuqlik işlab çiqariş qurilmasiga yuborildi.












