Moskva va Kiyev örtasidagi tinçlik muzokaralari avgust oyi oxirida, Ukraina öz kuçlarini mustahkamlaganida davom ettirilişi mumkin. Bu haqda «Amerika ovozi» uçun bergan intervyusida muzokara jarayonida ukrainlar delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan David Araxamiya ma’lum qilgan.
«Muzokaralarga avgust oyi oxirida qaytişimiz mumkin. Biz rossiyaliklar bilan öz rejalarimizni bölişişni istamaymiz, çunki ular buni oçiq manbalar orqali körişi mumkin. Ammo men öylaymanki, biz ayrim joylarda qarşi hujum amaliyotlari ötkazamiz», — degan u.
«Biz Istanbulda taklif qilganimiz kabi qandaydir siyosiy kelişuvni körib çiqişimiz mumkin. Biz, masalan, bir neça yilgaça Qrim masalasiga tegmadik. Biz buni harbiy yöl bilan qilmayapmiz, ammo diplomatik va siyosiy yöllardan foydalanyapmiz», — deya qöşimça qilgan Araxamiya.
- Rossiya va Ukraina örtasidagi özaro uçraşuvlar sönggi bor mart oyi oxirida Istanbulda ötkazilgandi. Uning yakunlariga köra, ikki tomon ham muzokaralar jarayonida ma’lum ösişga erişilgani haqida ma’lum qilgandi. Şundan keyin tomonlar videoaloqa orqali muloqotlarni davom ettirişgan.
- May oyida delegatsiyalar vakillari davlatlar örtasidagi muzokaralar töxtab qolganini aytişdi, tomonlar bunda bir-birini aybladi.
- 14 iyun kuni Volodimir Zelenskiy Rossiya uruşni töxtatib, Ukraina hududidan çiqib ketişga tayyor bölgan holatda Vladimir Putin bilan uçraşişi mumkinligini aytdi.













