Yaponiya hukumati Xitoyga Şarqiy Xitoy dengizidagi tabiiy resurslarni yakka tartibda özlaştirgani sababli norozilik bildirdi. 

"Xitoy iqtisodiy manfaatlar hududi çegarasining ğarbiy tomonidan joylaşgan hududda yakka tartibda faoliyat olib borayotgani juda açinarli", - deyiladi Yaponiya taşqi işlar vazirligi bayonotida.

Qayd etilişiça, Xitoy hudud suvlarida hamkorlik qiliş töğrisida 2008 yilda imzolangan kelişuvga qaramasdan, yakka holda faoliyat olib bormoqda.

"Asaxi" naşrining yozişiça, Şarqiy Xitoy dengizida Yaponiya va Xitoy örtasida rasman belgilangan çegara yöq. Xitoy Tokio çegara deb hisoblaydigan çiziq ğarbidagi gaz konlarida öndan ortiq burğulaş platformalarini örnatgan.

Xitoy va Yaponiya örtasidagi kelişmovçiliklar Şarqiy Xitoy dengizida gaz konlari oçilganidan söng boşlangan.