Zelenskiy Nikolayev oblastidagi front chizig‘iga bordi
U shuningdek Odessaga tashrif buyurdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oldindan e’lon qilinmagan holda Nikolayev oblastiga tashrif buyurib, ukrain harbiylarining oldingi pozitsiyasida bo‘ldi.
Ukraina prezidenti sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar qilinishicha, davlat rahbari frontdagi vaziyat to‘g‘risida operativ ma’lumotlarni tinglagan, shuningdek harbiylarga davlat mukofotlari topshirilgan.
Volodimir Zelenskiy Nikolayev oblasti ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim hamda Nikolayev shahri meri Oleksandr Senkevichni taqdirlagan.
Keyinroq u Odessaga ham tashrif buyurgan va rossiyaliklar raketa zarbasiga uchrab, vayron bo‘lgan uyni tiklashni va’da qilgan, shuningdek, harbiylar va shifokorlarga davlat mukofotlarini topshirgan.
«Bu dahshatli jinoyat, uni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi. Bu uyda yashaganlarning barchasi qaytishi uchun bu uyni albatta tiklaymiz», — deya yozgan u o‘z telegram-kanalida.
23 aprel kuni Odessaga raketa zarbasi berilishi oqibatida ko‘p qavatli turar joy binosida 8 kishi, jumladan bir oilaning uch avlodi vakili - buvi, ona va uch oylik chaqaloq halok bo‘lgandi.
- Ukraina prezidenti urushning dastlabki davrida Kiyevdan tashqariga chiqmagandi. May oyida u Xarkivdagi front chizig‘iga bordi. 6 iyun kuni esa Donbass va Zaporojye oblastlaridagi front chizig‘iga tashrif buyurdi. Nikolayev Rossiya qo‘shini tomonidan ishg‘ol etilgan Xersondan 90 kilometr masofada joylashgan.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
08:30 / 07.11.2024