Germaniya va Avstriya Rossiyadan gaz yetkazib beriş kamaygani sababli atmosferani ifloslantirmaslik uçun yopib qöyilgan kömirda işlaydigan elektr stansiyalarini qaytadan işga tuşirişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Elektr energiyasi işlab çiqarişda kömirdan foydalaniş «aççiq, lekin mavjud vaziyatda gaz iste’molini kamaytiriş zarur», dedi Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek.
Elektr energiyasi işlab çiqarişda kömirdan foydalanişga ruxsat beruvçi qonun loyihasi Germaniya parlamentida körib çiqiladi va 8 iyul kuni yuqori palatada muhokama qilinganidan keyin kuçga kirişi lozim.
Yevropada ikkinçi bölib elektr energiyasi işlab çiqarişda kömirdan butunlay voz keçgan Avstriya hukumati 19 iyun kuni Verbund davlat kompaniyasiga Mellahdagi yopib qöyilgan kömir elektr stansiyasini qayta işga tuşirişga tayyorlaş topşiriğini berdi.
Şu tarzda Avstriya kömirdan elektr energiyasi işlab çiqarişda foydalanişga qaror qilgan Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya safiga qöşilmoqda.
Iyun örtalarida «Gazprom» «Şimoliy oqim» quvuri orqali gaz yetkazib berişni 60 foizga kamaytirdi.
Qayd etilişiça, Germaniya iqtisodiyotining 35 foizi Rossiya gaziga boğliq. Hozirda Germaniyadagi gaz omborlari 57, Avstriya gaz omborlari esa 39 foizga töldirilgan.











