Xalqaro strategik muloqot instituti (ISD) va The Syria Campaign loyihasining 19 iyun, yakşanba kuni e’lon qilingan hisobotiga köra, Rossiya hukumati yillar davomida Suriyadagi voqealar haqida yolğon ma’lumotlarni internetda e’lon qilib kelayotgan dezinformatorlar tarmoğini qöllab-quvvatlagan.

Tadqiqot mualliflari 2015 yilning yanvaridan 2021 yilning dekabrigaça bölgan davrda 47 ming tvit va Facebook’da 817 ta post e’lon qilgan 28 nafar internet foydalanuvçisi – jismoniy şaxslar va taşkilotlarning xabarlarini tahlil qildi. 

«Qiynoqlar, kimyoviy qurollardan foydalaniş, tinç aholini maqsadli bombardimon qiliş böyiça köplab dalillarga qaramay, nisbatan oz sonli konspirologiya tarafdorlari - ba’zida Rossiya tomonidan qöllab-quvvatlangan dezinformatsiya kampaniyasining bir qismi sifatida va ba’zida Rossiyaning dezinformatsion xabarlari ta’sirida - faktlarni buzib körsatişga muvaffaq bölişdi, odamlar hayotini xavf ostiga qöyişdi, Suriya böyiça siyosiy munozaralarga şubha tuğdirişdi, ba’zi hollarda xalqaro hamjamiyatning siyosiy harakatlari juda zarur bölganda töxtatib qöyişdi», deyiladi hujjat mualliflari xulosasida.

Tadqiqotçilar bilan suhbatlaşgan ekspertlarning fikriça, Suriyaga qilingan dezinformatsion xurujlar «boşpana berişga qarşi siyosat olib borişga, gumanitar xizmatçilar va tinç aholiga yordam berişda oldinda turganlarni ta’qib qiliş hamda haqoratlaşga, Asad rejimining oddiy normaga aylanişiga, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainada ham xuddi şunday taktikani qöllaşga imkon berdi». 

Hisobotga köra, dezinformatorlarning asosiy nişonlaridan biri Suriyadagi uruş paytida tinç aholini qutqargan «Oq kaskalar» taşkiloti bölgan. Suriya prezidenti Başar Asad qöşinlari kimyoviy qurol qöllagani haqida ilk bor 2017 yilda «Oq kaskalar» xabar bergan edi. Bu hujum oqibatida kamida 83 kişi, jumladan, bolalar halok böldi. 

Keyinroq Suriyadagi, xususan, Idlib viloyatidagi Xon-Şayxundagi harbiy töqnaşuvlar çoğida zaharli kimyoviy moddalar qöllangani BMT va Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça xalqaro taşkilot ekspertlari tomonidan tasdiqlangan. Biroq, ISD’da faoliyati örganilgan dezinformatorlar bu hujumlarni sahnalaştirilgan holatlar sifatida körsatişga harakat qilişdi. 

Hisobot mualliflari britaniyalik bloger Vanessa Biliga alohida e’tibor qaratdi. Ularga köra, u Rossiya içki işlar vaziri örinbosari Mixail Bogdanov va Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bilan uçraşiş uçun bir neça bor Moskvaga uçib kelgan. «Vanessa Bilining fitna nazariyalari Rossiya tomonidan BMT xavfsizlik kengaşida «Oq kaskalar»ni obrösizlantiriş uçun dalil sifatida taqdim etilgan», — deyiladi hisobotda.