Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada kelgusi yillarda gaz narxi yuqori bo‘lishi kutilmoqda
Rossiyadan gaz yetkazib berish hajmining qisqarishi fonida RWE bosh direktori Markus Krebber boshqa energiya manbalariga o‘tishga chaqirdi.
Germaniyaning RWE energetika kompaniyasi bosh direktori Markus Krebberning fikricha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan gaz va elektr energiyasi narxi yana 3-5 yil davomida yuqoriligicha qoladi. «Yangi quvvatlar ishga tushishi va boshqa davlatlar qo‘shimcha energiya yetkazib berishi uchun vaqt kerak bo‘ladi», dedi u 20 iyun, dushanba kuni Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Krebber Germaniya vitse-kansleri Robert Habekning tabiiy gazni tejash maqsadida ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalarini ko‘proq ishlatish tashabbusini olqishladi. «Boshqa energiya manbalariga o‘tish mumkin bo‘lgan barcha sohalarda buni qilish kerak», - dedi u. RWE rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan gaz yetkazib berish hajmi qisqarishi hozirdan sezilmoqda. «Biz ham kelishilganidan ancha past hajmlarni olamiz», dedi Krebber va kompaniya endi yonilg‘ini «sezilarli darajada yuqori va ko‘tarilgan narxlarda» sotib olishga majbur ekanligini qo‘shimcha qildi.
Biroq Krebber Germaniyadagi so‘nggi atom elektr stansiyalarining 2022 yil oxiridan keyin ham ishlashini rad etdi. RWE Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Garzweiler II ko‘mir konidan foydalanishni kengaytirishga pul tikmoqda. «Karer qazishda rejalashtirilgan jarayon muhim, bu ayniqsa biz gazni tejash ssenariylariga tayyorgarlik ko‘rayotganimizda o‘ta dolzarb», dedi Krebber.
Forsa instituti tomonidan o‘tgan hafta oxirida Germaniyaning RTL va n-tv telekanallari tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, nemislarning 72 foizi allaqachon gaz va elektr energiyasi, shuningdek, avtomobil yonilg‘isini tejashga harakat qilmoqda.
Respondentlarning yana 11 foizi yaqin kelajakda energiyani tejashga kirishishlarini bildirishgan. Shu bilan birga, respondentlarning 15 foizi bunday qilishni rejalashtirmaganligini aytdi.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026