Myunhen prokuraturasi Rossiya fuqarosining uçta xonadonini musodara qildi va bankdagi hisobraqamlarini xatladi, deb ma’lum qildi katta prokuror Anne Lyayding.
Prokurorning sözlariga köra, bu Germaniyada nafaqat hisobraqamlar, balki köçmas mulklar ham muzlatib qöyilgan birinçi holat hisoblanadi.
Qayd etilişiça, köçmas mulklar 23 fevral kuni YeI sanksiyalariga tuşgan davlat dumasi deputati va uning xotiniga tegişli. Süddeutsche Zeitung gazetasining yozişiça, u KPRF a’zosi hisoblanadi, deputatning ism-şarifi oşkor qilinmagan.
Barça xonadonlar Myunhenda joylaşgan bölib, ularning ijarasidan oyiga 3,5 ming yevroga yaqin pul tuşgan, deya ma’lum qildi prokuratura vakili.
Gazetaning yozişiça, deputat va uning xotiniga sanksiyalarni buzganligi böyiça ayblov e’lon qilinişi kutilmoqda. Agar ular Germaniyaga kelsa va sudlansa, beş yilgaça qamalişlari mumkin.











