Qömita axborotiga köra, 2022 yil yanvar-aprel oylarida Özbekiston va Rossiya örtasidagi taşqi savdo aylanmasi – 2,6 mlrd dollarni taşkil etdi.

Bunda, eksport – 700 mln dollar, import – 1,9 mlrd AQŞ dollariga teng böldi.

Öz navbatida, eksport tarkibida sanoat mahsulotlari 267,2 mln dollarni olib kelgan bölsa, turli tayyor mahsulotlar – 146,2 mln, xizmatlar – 108,6 mln dollar.

Bundan taşqari, import böyiça eng köp mablağ sanoat mahsulotlariga sarflangan –  717 mln dollar. Oziq-ovqat mahsulotlari 229 mln dollarga tuşgan, maşina va asbob-uskunalar 224 mln dollarni taşkil qilgan.

Bundan oldin Özbekiston 4 oyda 62 ta davlatga 1,1 mlrd dollarlik töqimaçilik mahsulotlarini sotgani xabar berilgandi.