Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon temiryo‘l orqali yuk tashish hajmini oshirishga kelishib oldi
Boku shahrida «O‘zbekiston temir yo‘llari» va «Azәrbaycan Dәmir Yolları" vakillari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish ijobiy dinamikasi qayd etildi.
Qayd etilishicha, multimodal transport yo‘laklari bo‘ylab konteyner yuk tashishlarni tashkil etish, tranzit yuk tashishlarni ko‘paytirish imkoniyati, boshqa qator masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar yuk tashish hajmini oshirish, yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, temiryo‘l orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida oldindan ma’lumot almashish bo‘yicha kelishib oldi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.
Bundan oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev joriy yil 21-22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lishi xabar qilingandi.
Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Ikki mamlakat yetakchilari o‘zaro savdo hajmini oshirish, tadbirkorlar va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, iqtisodiyot turli tarmoqlarida qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratadi.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy vaziyat yuzasidan fikr almashadi, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida faol muloqotni rivojlantirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
08:30 / 18.06.2026
Qaysi davlatlarda yuqori tezlikdagi temiryo‘llar eng rivojlangan?
19:01 / 16.06.2026