Tesla kompaniyasi boş direktori Ilon Mask kompaniya ştati uç oy içida 10 foizga qisqartirilişini ma’lum qildi.
Şu bilan birga, uning qayd etişiça, soatbay işlaydigan işçilar uluşi ösişi hisobiga kompaniya umumiy xodimlari soni faqat 3-3,5 foizga qisqaradi.
Bloomberg agentligining yozişiça, hozirda Tesla kompaniyasining butun dunyodagi işçilari soni 100 ming nafarni taşkil etadi va yangi zavodlar qurilişi hisobiga işçilar soni oşib bormoqda.
Qisqartirişlar hozirça kadrlar bölimi va muhandis-dasturçilarga aloqadorligi köpçilikni hayron qoldirdi: ayrimlar heç qanday ogohlantirişsiz işdan böşatilgan, deya qayd etadi agentlik.
Kompaniyaning Rino şahridagi zavodining ikki xodimi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, ularni 60 kun avval ogohlantirmasdan işdan böşatişganini bildirişgan.
Mask bu da’vo «heç qanday yuridik kuçga ega emas»ligini aytdi.
Avvalroq Mask iqtisodiy vaziyat sababli Tesla xodimlari soni 10 foizga qisqartirilişini bildirgandi.












