Xizmat markazining joylardagi kuzatuv stansiya ma’lumotlariga köra, mazkur oy boşidan 21 iyun kuniga qadar Samarqand va Toşkent viloyatlarida yoğingarçilik me’yordan köp kuzatildi. Oy boşidan Toşkent şahrida örtaça oylik yoğingarçilik 130 foizi kuzatildi. Özbekiston katta qismida esa yoğingarçilik umumiy miqdori örtaça oylik iqlimiy körsatkiçlardan kam böldi.

20-22 iyunda respublika hududi böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi, ayrim joylarda döl yoğişi mumkinligi haqida şoşilinç axborot xabari berilgan. Xabarda Toşkent, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Farğona vodiy viloyatlari toğoldi va toğli hududlarida kuçli yomğir yoğişi qöşimça qilingan.

19-20 iyun kunlari respublika hududlariga Qora dengiz va Kavkaz hududlaridan ğarbiy nam havo massalari kirib kelişi qayd etildi. Bu jarayon kuçli şamol va ayrim viloyatlarda kuçli yoğingarçiliklar bölişiga olib keldi. Kuçli yoğingarçiliklar respublika janubiy va şimoli-şarqiy hududlarida kuzatildi. Toşkent şahrida 20 iyun kunduz kuni vaqti-vaqti bilan kuçli jadal yoğingarçilik kuzatildi. Yoğingarçilik umumiy miqdori poytaxtda notekis taqsimlandi.

“Özgidromet”ning asosiy kuzatuv stansiyasi joylaşgan Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi “Toşkent-Observatoriya” hududida qisqa vaqt oraliğida yoğib ötgan umumiy yoğingarçilik miqdori 15 mm (örtaça oylik yoğingarçilik miqdoriga teng körsatkiç) bölgan bölsa, poytaxt boşqa bir qismi - xalqaro aeroport hududidagi kuzatuv stansiyasida bu körsatkiç 21 mm.ni taşkil etdi. Yoğingarçiliklar asosan yomğir körinişida yoğib ötdi.

Sutkaning 12 soat içida 15 mm va undan köp yoğingarçilik kuzatilişi bu xavfli meteorologik hodisa hisoblanadi. Yoz oylarida bu kabi yoğingarçilik odatda intensiv (jadal) körinişda yoğişi hisobiga, yölsozlik va quriliş obektlarida notöğri yondaşuv asosida barpo etilgan obektlar (lotok, suv ötkaziş inşootlari, drenaj, kuçli yoğingarçilikka bardoşli tom yorilmalari) sel-suv bosiş hodisalarini keltirib çiqarişi mumkin.

Yoz oylarida poytaxtda 12 soat içida 15 mm.dan köp yoğingarçiliklar kuzatilişi juda kam holatlarda röy beradi. Toşkentda oxirgi ön yillikda yoz dastlabki iyun oyida birgina holatda sutka davomida 15 mm.dan köp yoğingarçilik kuzatilgan. 2019 yilning iyun oyi boşlarida (3 va 6 iyun) Toşkentda ikki kun içida umumiy 56 mm yoğingarçilik qayd etildi. Yoğingarçiliklar döl va kuçli jadal yomğir körinişida yoğib ötgan.