Bu – 16 iyun kuni imzolangan “Tabiiy gaz bozorini isloh qilişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarorida belgilangan.

Qarorga asosan, “Öztransgaz” AJ tabiiy gazni taşiş, saqlaş va tranzit qilişga ixtisoslaşgan yagona magistral gaz uzatiş tizimi operatori etib belgilandi.

2022 yil 1 avgustdan boşlab, “UzGasTrade” AJ:

  • tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi işlab çiqaruvçilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali taşqi manbalardan markazlaşgan tartibda xarid qiladi;
  • “Hududgazta’minot” AJga va magistral gaz uzatiş tizimiga ulangan iste’molçilarga tabiiy gazni töğridan töğri şartnomalar asosida sotadi;
  • prezident qarorlarida közda tutilgan holatlardan taşqari yagona eksport qiluvçi funksiyalarini bajaradi.

Mahsulot taqsimotiga oid bitimlarni hamda mahalliy işlab çiqaruvçilar, qöşma korxonalar va “UzGasTrade” AJ örtasidagi tabiiy gazni xarid qiliş töğrisidagi şartnomalarni rasmiylaştiriş işlari 2022 yil 1 avgustga qadar “Öztransgaz” AJ tomonidan bajariladi.

Qaror bilan, 1 oy muddatda xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda quyidagilar Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi lozim:

  • “Öztransgaz” AJning mavjud kreditor qarzdorligini tölaş va debitor qarzdorligini undiriş, moliyaviy holatini soğlomlaştiriş, boşqaruv va taşkiliy tuzilmasini qayta körib çiqiş, zamonaviy moliyaviy hisobdorlik va boşqaruv hamda xarid tamoyillarini tatbiq etiş va “Öztransgaz” AJ tomonidan 2024 yil yakuniga qadar xalqaro kredit reytingi qölga kiritilişi böyiça çora-tadbirlar rejasi;
  • “Öztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ bilan birgalikda respublika böyiça gaz taqsimlaş stansiyalari va sanoat tugunlarini xatlovdan ötkazgan holda, bu obektlar orqali xizmat körsatiladigan iste’molçilarga boğliq holda ularni qayta taqsimlaş böyiça takliflar;
  • respublika gaz uzatiş tizimini, şu jumladan yerosti gaz saqlaş omborlari infratuzilmasini 2040 yilgaça rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş strategiyasini işlab çiqiş böyiça texnik topşiriqnoma.

Vazirlar Mahkamasiga 2 oy muddatda “Öztransgaz” AJ magistral gaz uzatiş tizimidagi barça kiriş va çiqiş nuqtalarida örnatilgan gaz hisoblagiçlarni xatlovdan ötkazgan holda ularning ustidan onlayn nazorat örnatiş tartibini tasdiqlaş yuklatildi.