2022 yilning 21 iyun kuni Golden House kompaniyasi o‘zining flagman loyihasi – Infinity turar joy majmuasini taqdim etdi. Tadbir yangi savdo ofisida bo‘lib o‘tdi, unda taniqli tadbirkorlar, jamoat arboblari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Tadbir tashkilotchilari Infinity brendi ideologiyasini sotuv ofisining ichida turli zonalarni tashkil etish va ularning har birida mini-spektakllar namoyish etish orqali ko‘rsatdi.

Tadbirda akrobatlar, virtuoz skripkachilar, olovli shou va raqslar namoyish etildi. Golden House'ni tabriklash uchun Moskvadan uchib kelgan AʼStudio guruhining chiqishi kechaning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi.

Dastur doirasida kompaniya direktori Gorodetskiy Avraam Petrovich va tijoriy rahbar Boldin Aleksey Viktorovich yig‘ilganlar bilan suhbatda bo‘lishdi. Brendning mohiyatini ko‘rsatib beradigan va loyihani funksional to‘ldiradigan taqdimot va videolavhalar taqdim etildi.

Infinity loyihasi mixed use formatida amalga oshirilmoqda va majmuadagi beshta yashash uylari, sakkizta siti-vill, savdo markazi, «A» toifasidagi ikkita biznes-markazdan iborat. Loyihaning o‘zgachaligi uning ajoyib joylashuvi, Britaniyaning taniqli Chapman Taylor me’morlari muallifligidagi zamonaviy arxitektura yechimlari, Face ID va avtomobil raqamini avtomatik tarzda taniy olish imkoniyatiga ega «aqlli uy» innovatsion texnologik yechimi hamda videokamerani planshet yoki smartfonga individual sozlash imkoniyatiga ega videodomofon bilan izohlanadi.

Turar joy majmuasidagi apartamentlar 40 kvadrat metrdan 130 kvadrat metrgacha bo‘lgan katta diapazonda bo‘lib, shuningdek, bu yerda individual basseyn va ochiq terrasali eksklyuziv pentxauslar mavjud, birinchi qavatlar esa savdo do‘konlari uchun mo‘ljallangan.

Majmua ichida tennis zonalari, suv obektlari, sayr qilish yo‘lakchalari va o‘yin maydonchalariga ega mashinasiz landshaft hovli bo‘ladi. Majmua rezidentlarining avtomobillari ikki darajali yerosti avtoturargohiga joylashtiriladi.