Soğliqni saqlaş vazirligi sönggi bir kunda yana 100 nafarga yaqin bemorga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgani haqida xabar berdi.

«2022 yil 22 iyun holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239993 (+98) nafarni taşkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallaniş holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qaşqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 5 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo  viloyatida,
  • 2 nafari Farğona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 8 nafari Toşkent viloyatida,
  • 49 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Keça kun davomida

  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Farğona viloyatida 1 nafar,
  • Toşkent viloyatida 1 nafar,
  • Toşkent şahrida 17 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 237811 (+20) nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 99 foizni taşkil etmoqda.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda 14 iyun kunidan kunlik kasallaniş holatlari ösa boşladi va 19 iyunga kelib kunlik holatlar soni fevral oyi oxiridan buyon ilk bor 100 dan oşdi. Keyingi kunlarda biroz pasayiş kuzatildi - 20 iyun kuni 93, 21 iyun kuni 87, 22 iyun kuni 82 kişida virus aniqlangandi.