Markaziy bank xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan 24 iyunda amalda böladigan qiymatini belgiladi.
Unga köra, dollarning rasmiy kursi 16,91 sömga pastlab, 10830,17 sömni taşkil qildi. Yevro 19,96 sömga tuşib, 11 391,17 söm böldi.
Rubl esa 0,07 sömga oşib, 203,96 söm böldi.

Qayd etiş kerakki, dollarning rasmiy kursi uruş boşlangan sana — 24 fevraldagi holatiga qaytdi. 24 fevral kuni kurs 10 840,28 sömga teng bölgan.

Eslatib ötamiz, fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi jahon bozoriga ta’sir körsata boşladi. Rasmiy kurs oxirgi bor 14 mart kuni 11 000 sömlik nuqtadan past bölgandi - 10 998,06 söm. Keyingi kunlar davomida kurs keskin tezlik bilan kötarildi:
- 15 mart kuni - 11 033, 03 söm (+34,97 söm)
- 16 mart kuni - 11 150,12 söm (+117,09)
- 17 mart kuni 11 330,38 söm (+180,26 söm)
- 20 mart kuni 11 571,99 söm (+241,61 söm).
Kurs aprel oyi boşlaridan buyon tuşib kelmoqda. 15 aprelda kurs 11 300 sömdan, 28 aprel kuni 11 200 sömdan, 31 may kuni esa 11 000 sömdan pasaygandi.







