Jahon | 13:56 / 23.06.2022
27039
6 daqiqa o‘qiladi

Severodonetskdagi ukrain jangchilari, Xarkiv markazidagi vayronalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 119-kuni o‘tdi.

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar: 

  • Britaniya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Severodonetsk hududini o‘qqa tutishda davom etib, unga shimoldan Izyum, janubda Popasnaya orqali kirib kelishga urinmoqda;
  • Urushlarni tadqiq qilish instituti xabar qilishicha, rossiyalik harbiylar Lisichanskka janubdan muvaffaqiyatli yurish qilmoqda;
  • Ukraina kuchlari Qora dengizdagi Ilon oroliga (Zmeiniy) yana zarba yo‘llagan va dushman harbiy texnikalarining bir qismini yo‘q qilgan;
  • «Chegarasiz muxbirlar» tasdiqlashicha, mart oyida Kiyev atrofida halok bo‘lgan ukrain jurnalisti Maks Levin rossiyalik harbiylar tomonidan qatl etilgan;
  • Mikolayev oblasti ma’muriyati Vitaliy Kimning xabar qilishicha, Rossiya 22 iyun tongida Mikolayevga yetti bor raketa zarbasi yo‘llagan;
  • Lviv sudi rossiyaparast biznesmen va siyosatchi Viktor Medvedchukning hibs muddatini uzaytirdi va uning vagon-restoranini xatladi;
  • Mariupol meri Vadim Boychenko urush davrida shaharda kamida 22 ming kishi halok bo‘lganini xabar qildi.

Severodonetsk

Eng og‘ir janglar ketayotgan hududlarda ishlayotgan fotograflar so‘nggi bir necha kun mobaynida olingan suratlarni namoyish eta olishmadi. 21 iyun kuni Oleksandr Ratushnyak shu kunlarda Severodonetskda olingan suratlarni e’lon qildi.

Oleksandr Ratushniak / EPA / Scanpix / LETA

Severodonetskdagi binolardan birining singan derazasidan «Azot» kimyoviy zavodining ko‘rinishi. Shaharning sanoat hududi, jumladan «Azot» zavodi hamon ukrain harbiylari nazoratida qolmoqda, zavodda tinch aholi vakillaridan 568 kishi yashiringan, ular orasida 38 nafar bola ham bor. Bu haqda 21 iyun kuni Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ma’lum qilgan

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrain harbiysi Severodonetsk yaqinida Shimoliy Donni kechib o‘tmoqda. Sergey Gaydayning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar shahar atrofidagi aholi punktlarida o‘rnashib olgan va shaharni o‘qqa tutmoqda. Severodonetskning o‘zida ko‘cha janglari ketmoqda.

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Severodonetskning sanoatlashgan qismidagi ukrain harbiylari. «Bizning harbiylar hududni saqlab qolish va qurshovga tushmaslik uchun bor imkoniyatlarini ishga solishmoqda. Ammo dushman qurollar borasida ustunlikka ega, shuning uchun vaziyat juda murakkab. Hozirda, shu daqiqalarda maksimal darajada intensiv janglar ketmoqda», — dedi Oliy rada YouTube  kanali efirida telemarafonda mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar. 

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Severodonetsk sanoat rayonidagi ukrain tanki. Ukraina mudofaa vazirligiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar 26 iyunga qadar Lugansk oblasti chegaralariga chiqishni rejalashtirgan. 

Ukrain harbiysi Severodonetskdagi jangovar pozitsiya yaqinida uxlamoqda
Oleksandr Ratushniak / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi kuchukcha bilan Severodonetskning sanoat hududini ko‘zdan kechirmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Severodonetsk hududida patrullik qilayotgan ukrain harbiylari
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv 

Orlando Barria / EPA / Scanpix / LETA

Xarkivdagi Mehnat saroyining (Dvorets truda) ichkaridan ko‘rinishi, bino urushning ilk haftalaridayoq rossiyaliklarning artilleriya zarbalari oqibatida shikastlangan. 21 iyunga o‘tar kechasi ham Rossiya qo‘shini shahar va oblast hududini o‘qqa tutdi: Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, jami 15 kishi halok bo‘lgan, yana 16 kishi yaralangan. 

Xarkiv markazidagi vayronaga aylangan bino ichidagi zina.
Orlando Barria / EPA / Scanpix / LETA
Shahar markazidagi rossiyaliklar aviazarbasidan shikastlangan yana bir bino.
Orlando Barria / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivlik avtomexaniklar Igor va Volodimir front chizig‘idan keltirilgan mashinani tuzatishmoqda.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev 

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev markazida patrullik qilayotgan ukrain harbiylari yoniga turib olgan bolakay o‘yinchoq qurol ko‘tarib turibdi. Ukrain nashrlari so‘nggi vaqtlarda rossiyalik harbiylarning Kiyevga yangi hujumi ehtimolini faol muhokama qilmoqda. 

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Kiyevdagi Baykovo qabristonida ukrain harbiysi va siyosatchisi Oleg Kutsinning dafn marosimiga yig‘ilgan yaqinlari, do‘stlari va safdoshlari. Kutsin Ukraina qurolli kuchlarining 49-alohida o‘qchi bataloni (sobiq «Karpatskaya sech») komandiri bo‘lgan. U 19 iyun kuni Xarkiv oblasti janubidagi janglarda halok bo‘lgan

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Kutsinning yaqinlari uning dafn marosimida. Ivano-Frankovsk meri Ruslan Marsinkiv Kutsinni «eng qudratli qo‘mondonlardan biri» deb atadi va «uni haqiqiy jangchi sifatida bilgani, ham qo‘mondon, ham metin xarakterga ega inson sifatida bilgani»ni aytdi. 

Mavzuga oid