Norma’ning yozişiça, BMT, boşqa xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan Afğoniston va boşqa davlatlarga gumanitar yordamning tizimli asosda, markazlaştirilgan va maqsadli yetkazilişini ta’minlaş maqsadida «Termez Cargo Centre»ga Afğoniston va boşqa davlatlarga gumanitar yordam körsatiş böyiça xalqaro köp funksiyali transport-logistika xabi maqomi berildi.

Xalqaro xabga quyidagi qöşimça vazifalar yuklatildi:

  • gumanitar yordam körsatiş maqsadida xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;
  • gumanitar yordamni qabul qiliş, saqlaş va jönatişni ta’minlaş;
  • yuklaş-tuşiriş işlari, yuklarni taşiş va saqlaşni öz içiga olgan kompleks transport-logistika xizmatlarini körsatiş, şuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etiş.

«Termez Cargo Centre» Termiz xalqaro savdo markazi iştirokçilari reyestriga kiritilganini hisobga olib hamda prezident farmoniga muvofiq:

bojxona, soliq, sertifikatlaştiriş, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank xizmatlari, valuta ayirboşlaş xizmatlari, şuningdek, tibbiy va mehmonxona xizmatlari, avtotransport vositalariga texnik xizmat körsatiş va boşqa xizmatlar «yagona darça» tamoyili böyiça yölga qöyiladi;

Afğoniston va boşqa davlatlarga gumanitar yordam sifatida yuborilayotgan tovarlarni bojxona çegarasi orqali olib ötayotganda uşbu tovarlarning bojxona rasmiylaştiruvi ustuvor va soddalaştirilgan tartibda amalga oşiriladi.