Madaniyat vazirligi huzuridagi «Markazlaşgan investitsiyalar hisobidan moliyalaştiriluvçi obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal va joriy ta’mirlaş böyiça buyurtmaçi xizmati» davlat muassasasi hamda «Antiqa va sifatli quriliş» xususiy korxonasi örtasida 2020-2021 yillarda Böstonliq tumanida joylaşgan «Şayx Umar Vali Boğistoniy» ziyoratgohini ta’mirlaş-tiklaş işlari böyiça 1,7 mlrd sömlik pudrat şartnomasi imzolangan.

ÖzA xabariga köra, buyurtmaçi xizmati davlat muassasasi va XK mansabdor şaxslari ta’mirlaş işlari böyiça tuzilgan hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar kiritib, haqiqatda bajarilmagan işlarni qöşib yoziş orqali 402,7 mln sömlik budjet mablağlarini noqonuniy özlaştirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 167- (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209-moddalari (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Toşkent viloyati Qibray tumanidagi «Qiliçli ota» ziyoratgohida qayta ta’mirlaş va tiklaş işlari böyiça viloyat hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi va «TOSHMELIOQURILISH» MÇJ örtasida şartnoma tuzilib, 309 mln 107 ming söm budjet mablaği ajratilgan.
«Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi va «TOSHMELIOQURILISH» MÇJ mansabdor şaxslari özaro til biriktirib, bajarilgan quriliş işlari böyiça tuzilgan hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar kiritib, haqiqatda bajarilmagan iş hajmlarini qöşib yoziş orqali 263 mln 286 ming sömlik budjet mablağlarini noqonuniy özlaştirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent viloyat hokimligining «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi va “TOSHMELIOQURILISH” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksi 167- (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddalari (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qibray tumanidagi «Buzgan tepa» arxeologiya yodgorligi yon qismlarida maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari va boşqa binolar quriş böyiça işlar olib borilişi natijasida uşbu moddiy madaniy meros obektiga 5 mlrd 668 mln sömlik zarar yetkazilgan.











