Afğoniston va boşqa davlatlarga insonparvarlik yuklarini tizimli, markazlaştirilgan hamda manzilli yetkazib beriş maqsadida Özbekiston prezidenti farmoniga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi «Termiz kargo markazi» logistika terminaliga insonparvarlik yordami körsatiş böyiça köp funksiyali transport-logistika xabi maqomi berildi.

Ma’lum qilinişiça, Özbekiston Afğoniston xalqiga har tomonlama yordam körsatmoqda. 2021 yil sentabr va dekabr oylarida respublika hukumati Termiz şahri orqali umumiy hajmi 5 ming tonnadan ortiq bölgan ikkita yirik gumanitar yukni yetkazib berdi. 

2022 yil 30 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami arafasida mamlakatdan Afğoniston xalqiga 4 ming tonnaga yaqin insonparvarlik yuki yetkazildi. Bu gumanitar yordamning barçasi oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-keçak, töqimaçilik mahsulotlari, buğdoy va kömirdan iborat böldi.

Özbekiston Termizdagi infratuzilma va transport-logistika obektlaridan foydalangan holda xalqaro taşkilotlar hamda ayrim davlatlarga Afğonistondagi gumanitar faoliyatlarida kömak bermoqda. 2021 yil dekabr BMT Qoçqinlar böyiça oliy komissari boşqarmasi Termizdan Afğonistonga 40 tonna asosiy zaruriy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordami birinçi partiyasini jönatdi. 

2022 yil fevral oyida Qoçqinlar böyiça oliy komissar boşqarmasi Afğonistondan ehtimoliy qoçqinlar oqimiga tayyorgarlik köriş uçun Termizdan Tojikistonga 20 tonnaga yaqin birlamçi ehtiyoj mahsulotlaridan iborat yordam jönatgan. Boşqarma Termizdagi vakolatxonasiga insonparvarlik yuklarini yetkazib beriş geografiyasini kengaytiriş imkoniyatiga ega hududiy gumanitar logistika markazi maqomini berdi.

Qayd etilişiça, BMT Jahon oziq-ovqat dasturi (JOOD) tomonidan Termizdan Afğonistonga muntazam ravişda insonparvarlik yuklari jönatiladi. JOOD ma’lumotlariga köra, 2021 yil noyabridan bugungi kunga qadar Termiz orqali Afğonistonga 42 ming tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

“Bundan taşqari, Xalqaro migratsiya taşkiloti, Xalqaro Qizil xoç qömitasi, Yevropa ittifoqi va boşqa xalqaro tuzilmalar hamda xorijiy davlatlar ham Özbekistonning tranzit salohiyatidan foydalanişdan manfaatdor.

Xalqaro markaz taşkil etilişi jahon hamjamiyatining afğon masalasidagi manfaatlari va sa’y-harakatlariga mos keladi. Eng muhimi, bu Afğoniston xalqiga eng zarur tovarlarni tezkorlik bilan yetkazib beriş va şu orqali afğon xalqiga gumanitar inqirozni bartaraf etişda samarali yordam körsatiş imkonini beradi.

Özbekiston bu borada barça xalqaro şeriklar bilan faol hamkorlik qilişga tayyor”, deyiladi rasmiy