Loyihaga köra, vaqtinça saqlaş hibsxonalarida beş sutkagaça bölgan muddatga ma’muriy qamoqqa olingan şaxslarni saqlaş uçun möljallangan maxsus kameralar taşkil etilişi mumkin.

Beş sutkagaça bölgan muddatga ma’muriy qamoqqa olingan şaxslar maxsus kameralarda sud ajrimiga köra “Ma’muriy qamoqni ötaş tartibi töğrisida”gi qonun talablariga muvofiq saqlanadi.

Ma’muriy qamoqqa olingan şaxslarni maxsus kameralardan boşqa kameralarda saqlaş, şuningdek maxsus kameralarga uşlab turilgan, qamoqqa olingan va boşqa şaxslarni joylaştiriş taqiqlanadi.

Qayd etilişiça, maxsus kamera içki işlar organlari tizimidagi vaqtinça saqlaş hibsxonalarida beş sutkagaça bölgan muddatga ma’muriy qamoqqa olingan şaxslarni saqlaş uçun ajratilgan xonadir.

Ma’muriy qamoqqa olingan şaxslar maxsus qabulxonalarda saqlanadi.

Beş sutkagaça bölgan muddatga ma’muriy qamoqqa olingan şaxslar içki işlar organlarining vaqtinça saqlaş hibsxonalarida uşbu maqsadlar uçun moslaştirilgan maxsus kameralarda qonun talablariga muvofiq saqlaşga yöl qöyiladi.

Maxsus kameralarda ma’muriy qamoqni ötaşni taşkil etiş vaqtinça saqlaş hibsxonalari ma’muriyati va xodimlari tomonidan amalga oşiriladi.

Ma’muriy qamoqqa olingan şaxslar qonun talablariga rioya etilgan holda maxsus qabulxonalarda umumiy kameralarga yoki bir kişilik kameralarga, vaqtinça saqlaş hibsxonalarida esa maxsus kameralarga joylaştiriladi.

Vaqtinça saqlaş hibsxonalarida ma’muriy qamoqqa olingan şaxslarni maxsus kameralardan boşqa kameralarda saqlaş taqiqlanadi.