Xitoy xalq ozodlik armiyasining 22ta samolyoti Tayvan havo hujumidan mudofaa hududiga kirdi. Bu haqda Tayvan mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Xabarda aytilişiça, orolga ikkita kemalarga qarşi samolyot, önta qiruvçi, beşta qiruvçi-bombardimonçi, ikkita strategik bombardimonçi va boşqa harbiy samolyotlar yaqinlaşgan. 

21 iyun kuni esa Tayvan mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa hududiga 29ta harbiy samolyot kirganini ma’lum qilgandi. 

Tayvan amalda Xitoydan ayri davlat sifatida şakllangan, lekin rasman «Xitoy respublikasi» nomini saqlab turibdi. Mamlakatning öz konstitutsiyasi, armiyasi va saylangan hukumati bor. Fuqarolik uruşi tugaşi va 1949 yil materikda kommunistlar ğalabasidan keyin saylangan hukumatini Tayvan Xitoydagi yagona qonuniy boşqaruv organi deb biladi.

Pekin Tayvanni öz provinsiyasi deb hisoblaydi.