24 iyun, juma kuni Sahroi Kabirdan janubda Afrika mamlakatlaridan kelgan 2 mingga yaqin odam Marokaş va Ispaniyaning Melilya eksklav şahri örtasidagi çegarani kesib ötişga urindi. 18 muhojir halok böldi, köplari yaralandi.
Ispaniya hukumatining Melilyadagi vakolatxonasi ma’lumotlariga köra, Afrika davlatlaridan kelgan muhojirlar çegara tösiqlariga şturm uyuştirib, Ispaniya eksklavi hududiga kirişga uringan. Taxminan 130 kişi Melilyaga kirişga muvaffaq böldi. Guvohlar «yaxşi taşkil etilgan va tajovuzkor» bölgan «katta guruh» haqida xabar berdi. Marokaş xavfsizlik kuçlari ispan çegaraçilari bilan birgalikda muhojirlarni ortga qaytarişga urinib körgan.
Marokaş tomoni vakili halok bölganlar sonini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, muhojirlarning bir qismi panjaradan qulagan. 200 dan ortiq odam, jumladan, 140 nafar xavfsizlik xodimi va 70 nafardan ortiq muhojir jarohat olgan.
Şu yilning mart oyida ham bir neça yuzlab muhojirlar Melilyadagi çegara tösiğidan ötib ketişga muvaffaq bölgan. Afrika hududida Ispaniyaning ikkita eksklavi Seuta i Melilya Yevropa ittifoqining Afrikada yagona quruqlikdagi çegaralari bölib, bu ularni Yevropaga yaxşiroq hayot uçun köçib ötişga umid qilayotgan odamlar uçun magnitga aylantiradi. Eksklavlardagi çegara tösiqlari tikanli simlar, videokameralar va blokpostlar bilan jihozlangan. Biroq, ulardan ötib ketişga qaratilgan urinişlar töxtamayapti.
Mart oyida, Marokaşning Ğarbiy Sahro siyosati böyiça uzoq davom etgan bahs-munozaralardan söng, Ispaniya hukumati birinçi marta Marokaş boşçiligidagi rejani qabul qilib, Marokaş suvereniteti ostida Ğarbiy Sahroga ma’lum darajada avtonomiya berişni öz içiga olgan köp yillik diplomatik inqirozga barham berdi.
Öşandan beri Ispaniya va Marokaş örtasida parom qatnovi qayta tiklandi va Ispaniya eksklavlarida Ispaniya va Marokaş politsiyasi örtasida hamkorlik dasturlari işga tuşirildi.
Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes yaqinda Madrid «noqonuniy migratsiya fojiasidan bosim vositasi sifatida foydalanişga» toqat qilmasligi haqida ogohlantirdi. Noqonuniy immigratsiya NATO davlatlari vakillari iyun oyi oxirida Ispaniya poytaxtida bölib ötadigan sammitga yiğilganda, alyansning janubiy qismidagi xavfsizlikka tahdidlar röyxatida bölişi kerak, dedi u.












