Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hisobotida aytiladi.

Ta’kidlanişiça, bu ma’lumotlar 2022 yil 22 iyun holatiga töğri keladi. Oldingi hisobot 27 may kuni e’lon qilinganidan beri JSSTga 270 ta yangi ehtimoliy holat haqida, jumladan, törtta yangi mamlakatdan xabar kelib tuşgan.

«JSST beşta hududda bolalarda noma’lum etiologiyali oğir ötkir gepatitni aniqlagani noodatiy holat, ayrim holatlarning oğir klinik oqibatlari esa batafsil örganişni talab qiladi», deyiladi xabarda. 

Yoş bolalarda kelib çiqişi noma’lum bölgan gepatit kasalligi birinçi marta aprel oyida Buyuk Britaniyada qayd etilgan va öşa paytda önta bunday holat kuzatilgan. Keyinçalik aniqlangan holatlar soni, jumladan, retrospektiv tarzda qayd etilgan kasalliklar tufayli 900 dan oşdi. Gepatitning ehtimoliy holatlari orasida 45 tasida (5 foiz) bolaga transplantatsiya talab qilindi, 18 tasida (2 foiz) bemor vafot etdi.

JSST ma’lumotlariga köra, xabar qilingan aksariyat holatlar bir biri bilan epidemiologik jihatdan boğliq emas, faqat Şotlandiya va Niderlandiyadagi holatlar bundan mustasno.