Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson Ukrainaga Rossiya bilan uning manfaatlariga mos kelmaydigan sulh tuzişi uçun bosim ötkazişlari mumkinligidan xavfsiramoqda.

Jonsonning sözlariga köra, Yevropaning köplab davlatlari Ukrainadagi uruşning iqtisodiy oqibatlaridan xavotirlanmoqda. U gap qaysi mamlakatlar töğrisida borayotganini aytmadi.

«Juda köp mamlakatlar bu Yevropaga keraksiz uruş demoqda va şu sababli ukrainaliklarni yomon sulh tuzişga çaqiriş, ehtimol, majbur qiliş uçun bosim kuçayadi»,— dedi Buyuk Britaniya boş vaziri.

Uning fikriça, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Ukrainada öz maqsadiga erişsa», buning oqibatlari «xalqaro xavfsizlik uçun xavfli böladi» hamda «uzoq muddatli iqtisodiy falokatga aylanadi».

Boris Jonson G7 va NATO mamlakatlarini Ukrainadagi voqealardan «çarçoq» paydo bölganiga qaramasdan Rossiyaga yon bermaslikka çaqirdi.