25 iyun kuni Telegram kanallarda siqilgan tabiiy gaz (metan) quyilgan ballon bilan jihozlangan maşinalar jarima maydoniga qöyilayotgani haqida video tarqaldi.
“Örtoqlar, keça çiqqan qarorga köra, maşinalarga örnatilgan, raqami “F1”dan boşlangan gaz ballonlarini talabga javob bermaydi deb topişibdi. Eng köpi bizning Zangiota rayonidan çiqibdi. Ertadan boşlab şunaqa gaz ballonli maşinalarning hammasini “ştrafnoy”ga tiqişarkan. Ehtiyotlaringni qilib, gaz ballonlaringga qarab qöyinglar”, deyiladi videoda.
Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş maqsadida IIV JXD YHXX Texnika nazorati bölimi boşliği Ibrohim Abduraimov bilan boğlandi. Uning aytişiça, ISUZU MPR82L rusumidagi transport vositalariga örnatilgan gaz ballonlari tekşiruvdan ötkazilmoqda.
“Sönggi ikki kunda bir xil markadagi, ya’ni Samarqand viloyatida işlab çiqarilgan ISUZU MPR82L rusumidagi transport vositalariga örnatilgan gaz ballonlari portlab ketayotgani kuzatilyapti. Uşbu avtomobillarga Italiyaning FABER firmasida işlab çiqarilgan gaz ballonlar qöyilgani aniqlandi. Örganişlar davomida uşbu gaz ballonlarning taxminan 50–60 foizi sifatsiz çiqayotgani ma’lum böldi.
Şu sababli IIV JXD Yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan bizga xuddi şunday gaz ballonlari bilan jihozlangan ISUZU MPR82L rusumidagi transport vositalarini tekşiruvdan ötkaziş böyiça körsatma berilgan. Tekşiruv davomida maşinalardagi gaz ballonlari yeçib olinib, unga 300 atmosfera bosimida suv yuboriladi. Agar u yaroqsiz bölsa, tekşiruv davomida portlab ketadi.
Sifatsiz gaz ballon bilan harakatlaniş xavfli. U jamoat joyida portlaydigan bölsa, nafaqat haydovçining özi va yöl harakatining boşqa iştirokçilariga, balki fuqarolarning hayotiga ham katta xavf tuğdiradi. Şu sababli rahbariyat gaz ballonlari bilan jihozlangan transport vositalarini közdan keçiriş, FABER firmasida işlab çiqarilgan gaz ballonlar aniqlangan taqdirda ularni tekşiruvdan ötkaziş haqida topşiriq bergan.
Agar tekşiruv davomida gaz ballon yaroqli deb topiladigan bölsa, ulardan foydalanişda davom etişga ruxsat beriladi”, deydi Ibrohim Abduraimov.
Mutasaddining sözlariga köra, sinov jarayonida gaz balloni portlab ketgan taqdirda haydovçilar maşinasiga sinov ötkazilgan joyning özida yangi, sifatli gaz ballonini örnatib olişlari mumkin, ungaça avtomobillar şu yerda qoladi.












