“Qölingdagi tergovçilik şamşiringni sermab boraver, oxiri kimgadir tegadi. Bu yerda hamma jinoyatçi, şuning uçun sening xatti-harakatlaring baribir töğri bölib çiqadi va oqlanadi”.

“Qabohat yoxud “özbeklar işi” degan uydirma xususida” asarida yuqoridagi jumla 80-yillarda Özbekistondagi poraxörliklarni tekşiriş uçun SSSR prokuraturasi yuborgan tergovçilar Gdlyan va Ivanovning tergov qiliş şiori bölgani aytiladi.

Kitob ma’lum ma’noda özbek xalqi oldida Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov qabohati uçun SSSR Boş prokuraturasi nomidan özbek xalqidan söralgan uzr deb ham qabul qilinişi mumkindir balki.

Viktor Ilyuxinga işonsa böladimi?

1983-1989-yillarda şunçalik köp adolatsizlikka yöl qöyilganki, yuzlab gunohsiz kişilardan Gdlyan va Ivanov ustidan qonunçilik buzilayotgani haqida SSSR prokuraturasiga arizalar yoğila boşlagan. Natijada prokuratura 1989 yil 25 mayda Özbekistonda çeksiz hokimiyatga ega gdlyançilar ustidan jinoyat işi qözğatadi.

Tergovçilar brigadasiga Viktor Ilyuxin boşçilik qiladi. U Özbekistonda 8 oy davomida tinimsiz tekşiruv harakatlarini olib borib, mas’um odamlar dodini eşitadi, yuzlab guvohlar bilan gaplaşadi. Gdlyançilar işini obdon tekşiradi, rad etib bölmas dalillar töplaydi.

“Qabohat yoxud “özbeklar işi” degan uydirma xususida” kitobi ham şundan keyin dunyoga keladi. Kitob 1993 yilda “Özbekiston” naşriyotida 50 ming nusxada bosiladi.

Asar haqida qisqaça

Foto: Kun.uz

Ilyuxinning yozişiça, 1983 yilda Davlat xavfsizlik qömitasi tergovçilaridan Buxoro şahar sanoat mollari savdosi bölimi direktori Ş.Qudratov, Buxoro viloyati davlat avtomobil nazorati boşliği Muzaffarovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi bilan boşlangan iş, keyinçalik Gdlyan qöliga ötadi. Va butunlay uning siyosiy nufuzi manfaatlariga böysundiriladi.

Aslini olganda, Gdlyan bu işdan Özbekistondagi partiya, sovet va huquqni muhofaza qiluvçi kadrlarni “ovlaş”dan iborat öz rejalarini amalga oşirişda foydalanadi.

5 qismga bölingan kitobning dastlabki bölimida Gdlyançilar odamlarni qanday qilib yolğon guvohlik berişga majburlagani guvohlar tilidan yozib olingan parçalar bilan dalillanadi. Keyingi bölimida öşa paytda SSSR va Özbekistonda yuqori mansabda işlaydigan amaldorlarga qanday ayb tönkalgani, bundan Gdlyan va Ivanov nimani közlagani haqida tekşiruv natijalari keltiriladi.