Şoygu Rossiya qöşinlari boşqaruv punktiga borib, qömondonlarning hisobotini eşitgan. Xabarda aytilişiça, vazir asosiy e’tiborni köp tomonlama harbiy harakatlarni taşkil etiş va harbiylarga kerakli şaroit yaratilişiga qaratgan, ba’zi harbiylarga Rossiya qahramoni va jasorat ordenlarini topşirgan.

Mudofaa vazirligi Şoygu aynan qaysi şaharga borganini xabar qilmagan, e’lon qilingan videoning köp qismi ovozsiz. Kadrlardan Şoyguga Ukraina safarida Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi tezkor boşqaruv boşqarmasi rahbari Sergey Rudskoy, Şoyguning harbiy tayyorgarlikka javobgar örinbosari Yunusbek Yevkurov va mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot böyiça örinbosari Dmitriy Bulgakov hamrohlik qilganini köriş mumkin.

Sergey Şoyguning Ukrainaga taşrifi Rossiya tomonidan strategik ğalaba deb e’tirof etilayotgan Severodonetsk şahri bosib olinişi fonida amalga oşirildi. Avvalroq Rossiya armiyasining Ukrainadagi janubiy yönalişiga Sergey Surovikin rahbar etib tayinlangani e’lon qilingandi.