Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina harbiy razvedkasi: Rossiya ilk bor Belarus osmonidan turib zarba berdi
Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti. Foto: Reuters
25 iyunga o‘tar kechasi Rossiyaning Tu-22M3 rusumli bombardimonchi samolyotlari Ukrainaning Kiyev, Chernihiv va Sumi oblastlari bo‘ylab aviazarbalar yo‘llagan. Ukraina mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasiga ko‘ra, bu vaqtda samolyotlar Belarus havo kengligida turib harakatlangan.
«Buning uchun oltita Tu-22M3 samolyoti harakatlangan, ular 12 dona X-22 qanotli raketalari uchirgan. Raketalarni uchirish joyi — Ukraina davlat chegarasidan taxminan 50-60 kilometr masofada, Petrikov shahri hududi», — deya tasdiqlaydi harbiy razvedka.
Ukrain harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, bu Rossiya Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri Belarus hududidan turib aviazarba yo‘llashi bilan bog‘liq ilk holatdir. «Bugungi zarbalar Kremldagi hukumat Belarusni Ukrainadagi urushning bevosita ishtirokchisiga aylantirish harakatlari bilan bog‘liq», deyiladi razvedka boshqarmasi bayonotida.
RF mudofaa vazirligi 25 iyun kungi hisobotida Kiyev, Chernihiv va Sumi oblastlariga aviazarbalar berilgani to‘g‘risida eslab o‘tmagan.
Mavzuga oid
22:21 / 05.01.2026
Zelenskiy UXX rahbarini iste’foga chiqardi
16:32 / 05.01.2026
Budanov tayinlovi AQShga ma’qul, Ukrainadagilar uni Zelenskiyning vorisi sifatida ko‘rmoqda
15:20 / 05.01.2026
Rossiya Ukrainadan uchirilgan 140 tadan ortiq dron tutib olinganini ma’lum qildi
09:15 / 05.01.2026