Özbekistonda anomal issiq ob-havo hukm surayotgani sababli «Öztemir yölyölovçi» rahbariyati poyezdlar tezligiga çeklov kiritdi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmati xabar qildi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi 25–29 iyun kunlari Özbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelişini ma’lum qilgandi.
Bunday issiq havo paytida pölat izlardagi harorat yanada yuqori böladi. Şu bois harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida anomal issiqlik tufayli poyezdlar tezligiga çeklov belgilangan. Şu sababli poyezdlar belgilangan manzillarga keçikib boriş holatlari kuzatiladi.
Bundan taşqari, havo haroratining keskin kötarilişi tufayli poyezd harakat jadvalida özgariş kuzatilmoqda. Xususan, 26 iyun kuni:
- Toşkent–Buxoro yönalişida harakatlanadigan 10-sonli Şarq poyezdi;
- Toşkent–Samarqand yönalişida harakatini amalga oşirayotgan 768F-sonli;
- Buxoro–Toşkent yönalişida harakatlanadigan 769 hamda 769-sonli «Afrosiyob» zamonaviy poyezdlari;
- Xiva–Andijon yönalişida harakatlanadigan 656-sonli, Xiva–Buxoro yönalişida harakatlanadigan 50-sonli hamda Toşkent–Qönğiroq yönalişida harakatlanadigan 54-sonli yölovçi poyezdlari manziliga harakat jadvalidan keçikib borişi kuzatilmoqda.
«Özbekiston temir yöllari» AJ rahbariyati bunday noqulaylik uçun yölovçilardan uzr söraydi», deyiladi xabarda.












