Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, loyiha Jahon bankining 143 million AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli krediti kömagida amalga oşiriladi.

Loyihani amalga oşiriş uçun Jahon banki guruhiga a’zo bölgan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) Özbekiston hukumatiga past foiz stavkasida, muddati 30 yil, jumladan, beş yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli moliyalaştirişni taqdim etadi.

Joriy yil 24-25 may kunlari Özbekiston va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi örtasida kredit böyiça muzokaralar bölib ötgan. Özbekiston delegatsiyasiga energetika vaziri birinçi örinbosari Azim Ahmadxöjayev, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi delegatsiyasiga Jahon banki mintaqaviy menejyeri Marko Mantovanelli rahbarlik qildi.

Özbekistonning qayta tiklanuvçi energiya manbalari salohiyatini oşiriş borasidagi mavqeyini, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça sa’y-harakatlarini xalqaro hamjamiyat qöllab-quvvatlaşi, energiya samaradorlikni oşiriş böyiça maqsadlarni hisobga olgan holda, Jahon banki ijroçi direktorlar kengaşi loyihani bir ovozdan qöllab-quvvatladi va uni amalga oşiriş uçun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi imtiyozli resurslaridan uzoq muddatli kredit ajratişni ma’qulladi.

Loyiha Özbekistonda energiya tejaş va energiya samaradorligini oşirişga investitsiyalarni jalb qiliş uçun bozor rağbatlarini yaratişda muhim rol öynaş uçun möljallangan.

Loyiha mamlakat barça hududlarini qamrab oladi. Uning doirasida maktabgaça ta’lim, xalq ta’limi va soğliqni saqlaş sohalarida 800 dan ortiq muassasani modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan.

Loyiha asosiy natijasi jamoat binolari energiya samaradorligini oşiriş, energiya tejaş va toza energiya işlab çiqarişni rağbatlantiruvçi loyihalarga investitsiyalarni jalb qiliş tartib-qoidalarini tartibga soluvçi me’yoriy-huquqiy bazani takomillaştirişdan iborat böladi.