“Öztemiryölyölovçi” kompaniyasining xabar berişiça, Toşkent-Qarşi yönalişida yangi poyezd qatnovi yölga qöyilişi munosabati bilan Samarqand hamda Buxoroga boradigan elektropoyezdlarning harakat jadvaliga ham özgartiriş kiritiladi.

Harakat jadvaliga köra:

  • Toşkent-Qarşi yönalişida qatnovni amalga oşiradigan 780-sonli “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi har haftaning juma, şanba va yakşanba kunlari soat 07:00 da Toşkent Markaziy vokzalidan;
  • Qarşi-Toşkent yönalişida harakatlanadigan 779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa Qarşi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oşiradi.

“Şu bois 2022 yil 8 iyul sanasidan boşlab, bugungi kunda Toşkent-Samarqand-Toşkent yönalişida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toşkent-Buxoro” yönalişida harakatlanayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham özgartiriş kiritiladi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Yangi jadval böyiça:

  • “Toşkent-Samarqand” yönalişida harakatlanadigan 764-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi har kuni soat 08:30da Toşkent Markaziy vokzalidan,
  • “Samarqand-Toşkent” yönalişida harakatlanayotgan 763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi soat 16:15da Samarqand vokzalidan,
  •  “Toşkent-Buxoro” yönalişida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa soat 08:56da Toşkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oşiradi.

Şu munosabat bilan 10 iyuldan boşlab haftaning har yakşanba kuni Toşkent-Samarqand-Toşkent yönalişida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi töxtatiladi.

“Öztemiryölyölovçi” AJ qöşimça ma’lumotlarni Toşkent şahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryöl kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib oliş mumkinligini eslatgan.