Mamlakatimiz böylab keng jamoatçilik iştirokida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgarişlar böyiça qonun loyihasi hamda uşbu loyihaga aholi tomonidan bildirilgan takliflar keng muhokama qilinmoqda.
"Agrobank" ATB Boş ofisida ham uşbu jarayonga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Boş ofis hamda bankning hududiy filiallari tomonidan videokonferens aloqa şaklida ötgan tadbirda barça xodimlar iştirok etdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori Şaxnoza Joldasova iştirok etib, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgarişlar böyiça keng tuşunça berdi.
Uçraşuvda ta’kidlanganidek, xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, şuningdek davlat rahbarining komissiya a’zolari bilan uçraşuvda "Insonning qadr-qimmati, şa’ni va ğururi bundan buyon barça sohalarda birinçi örinda turişi kerak" degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib çiqib "Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ortiq tuzatişlarni nazarda tutmoqda. Konstitutsiyaga özgartişlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan bölib, milliy konstitutsiyaviy özlikni aks ettiradi va amaldagi konstitutsiyamizning barça bölimlariga tub özgartişlar kiritişni nazarda tutadi.
Konstitutsiyaviy tuzatişlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bölgan fuqarolarning şaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlaşga, himoya qilişga qaratilgan töğridan-töğri işlaydigan normalarga aylanadi.
Kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalar avvalo “inson qadri uçun” degan tamoyilni röyobga çiqarişga qaratilganligi iştirokçilar tomonidan e’tirof etildi. Tadbir mobaynida bank xodimlari faol iştirok etib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
"Agrobank" ATB Matbuot xizmati Ⓣ











