Koronavirus pandemiyasi tufayli 2 yil davomida töxtab qolgan Haj ziyorati 2022 yildan boşlab yana jonlandi. Uşbu mavsumda pandemiya hali töliq yakunlanmagani tufayli Saudiya hukumati 1 million ziyoratçi qabul qilinişini ma’lum qilgan.

Ayni vaqtda muqaddas şaharlarga deyarli uçib ketib bölgan 10 mingdan ortiq özbekistonlik ziyoratçilar Haj amallariga tayyorgarlik körmoqda.

Kun.uz Haj ibodati, uning hikmatlari, hojilarga beriladigan savoblar, Haj qilişdagi niyat hamda uşbu uluğ ziyoratga doir xalqimizni qiziqtirgan masalalar haqida şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat uyuştirdi.

— Assalomu alaykum, domla! Avvalo Haj ibodati haqida qisqa ma’lumot berib ötsangiz. Haj ibodati kimlar uçun farz qilingan va dinimizda Haj ibodatining farz qilinişida qanday hikmatlar bor?

— Haj özi qasd qiliş degani. Şar’iy istilohda esa ma’lum bir makonda, ya’ni Makkayi Mukarramadagi öşa Haj amallari bajariladigan joyni Haj amallarini bajariş uçun qasd qiliş Haj hisoblanadi.

Hajning 5ta şarti bor: musulmon böliş, aqlli böliş, baloğatga yetgan böliş, hurlik (qulga Haj farz bölmaydi), Haj yöliga imkoniyat bölişi kerak. Hajga yölga imkoniyat keng tuşunça, bu – moddiy, jismoniy, yölning bexatarligi hisoblanadi. Şu şartlar topilgan kişiga Haj farz böladi.

Haj agar farz bölsa, uni keçiktiriş masalasi qanday? Ba’zi ulamolar Hajni biroz tahl qilib qiliş mumkin, degan. Bu yil ado qilolmasa, kelasi yil qilaman, deb niyat qilişi mumkin deganlar. Lekin köpçilik ulamolar, hadislarning dalolati ham şundayki, kimga Haj bölsa vaqtida qilsin, kelasi yilga unga kasallik yetadimi, nima böladi bilmaydi. Çunki Haj farz bölsa, ado qilmasdan ötsa, xuddi namoz vaqti kirib, namoz öqimasdan ötgani singari gunohkor bölib qoladi.

Agar yuqoridagi 5ta şartdan birortasi bajarilmagan bölsa, unga hali Haj farz bölmaydi. Ba’zi odamlar Hajning yöliga imkoniyat degan narsani zakot bilan çalkaştirib qöyişadi. Zakotga qodir bölmagan odam Hajga borişi farzmas-ku deb aytişadi. Zakot boşqa masala, Haj boşqa masala. Kimgadir Hajga borişni boşqa birov taklif qilişi, yölga imkoniyatini qilib bersa ham boraveriş kerak. Öşa odamga, zakot farz bölmasa ham, Haj farz böladi.