— Komissiyamizga ölim jazosi bilan boğliq juda köp taklif kelib tuşdi. Murojaat qilganlarning köpçiligi ölim jazosini tiklaş kerak degan fikrda. Buniyam aytişimiz kerak, jamoatçilik bilişi kerak.
Men mustaqillikning ilk yillarida yozilgan Jinoyat kodeksining mualliflaridan biriman. Albatta uni parlament qabul qilgan, lekin uning ustida 2-3 yil işlaganmiz va SSSR parçalanganidan söng sobiq ittifoq davlatlari orasida birinçi bölib Özbekistonda şu kodeks qabul qilingandi. Jinoyat-protsessual kodeksi bilan ham şunday bölgan. Öşa paytda Özbekistonda yaxşi olimlar va mutaxassislar bölgani uçun ham milliy qonunçilikni işlab çiqişda MDH miqyosida birinçi bölgandik.
Lekin eski kodeksimizda 33 ta moddada ölim jazosi bor edi, bir qator jinoyatlar uçun şu jazo qoldirilgandi. Demokratik davlatlar, xususan, Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlarni olib köradigan bölsak, ularda ölim jazosi yöq. Birortasida yöq. Xuddi şu narsani prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uçraşuvda ta’kidlab ötdilar.

Insonga hayotni Alloh taolo ato etadi, faqat u odamning jonini qaytarib olişi mumkin, lekin bunga davlatning haqqi yöq. Buni “Hamlet masalasi” deyişadi, ya’ni bizda ölim jazosi bölişi kerakmi yoki yöq, şaxsan mening fikrim bölişi kerak emas. Bu borada muhtaram prezidentimizni yuz foiz qöllab-quvvatlayman.
— Özbekistonda 2008 yildan buyon amalda ölim jazosi yöq. Bu bir qator qonunlarimizda, qonunosti hujjatlarimizda belgilab qöyilgan. Şu normani mamlakatning boş qonunida aks ettirişga qanday ehtiyoj bor edi? U şundoq ham qonunlarda bor va işlayotgan bölsa, uni konstitutsiyaga kiritişga zarurat bormidi?
— Manaman degan demokratik davlatlarning konstitutsiyalarida ham bunday norma yöq. Masalan, AQŞda köplab ştatlarda qator jinoyatlar uçun ölim jazosi saqlanib qolgan. Şu jihatdan olib qaraganda ölim jazosi taqiqlanişi konstitutsiya darajasida mustahkamlanişini tarixiy jarayon deyiş mumkin.












