Amaldagi Jinoyat protsessual kodeksining 17-moddasiga muvofiq, heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, şafqatsiz yoki inson şa’ni va qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emas. Endi uşbu qoida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi sifatida mustahkamlab qöyilişi kutilmoqda.
Muhokamaga qöyilgan Konstitutsiya loyihasiga köra, 25-moddaga jinoyat qonunçiligiga oid normalar qöşilyapti:
- heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi muomalaga yoxud jazoga duçor etilişi mumkin emas;
- heç kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar ötkazilişi mumkin emas.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yöllagan murojaatida inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qiliş, qonun ustuvorligini ta’minlaşga qaratilgan islohotlarning izçil davom ettirilişini ta’kidlar ekan, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etiş sohasida qiynoqlarning oldini oliş tizimini tubdan takomillaştiriş zarurligiga alohida e’tibor qaratilgandi. Mazkur dolzarb masala Inson huquqlari böyiça milliy strategiyada ham öz aksini topgan.
Özbekistonda qiynoq holatlarini aniqlaş böyiça jamoatçilik guruhlari taşkil etilmoqda
Qayd etiş kerakki, sönggi yillarda mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada kuçaytiriş, jumladan qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş holatlariga mutlaqo yöl qöymaslik maqsadida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi, şuningdek, BMTning ustav organlari va şartnomaviy qömitalari tavsiyalarini hisobga olgan holda qiynoqqa solişning oldini oliş böyiça milliy mexanizmlarni takomillaştiriş maqsadida 2021 yil 26 iyunda












